Maxsus imkoniyatlar

Ekran o‘lchami:

50 %

Shrift o‘lchami:

50 %
Saytni baholash
0
0

2022025-06-12 19:21

Farg‘ona tumanida turizm salohiyatini rivojlantirishga bag‘ishlangan press-tur tashkil etildi

https://api3.fergana.uz/files/150400/news/news_1749738084287.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150400/news/news_1749738084369.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150400/news/news_1749738084537.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150400/news/news_1749738084663.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150400/news/news_1749738084666.jpg
Farg‘ona tumanida turizm salohiyatini oshirish, tabiiy va madaniy meros obektlarini ommalashtirish, shuningdek, “Shohimardon” va “Yordon” qishloqlari, “Vodil”, “Avval” va “Chimyon” shaharchalarining master rejasini ishlab chiqish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarga e‘tibor qaratilmoqda. Shu maqsadda, ommaviy axborot vositalari vakillari, jurnalistlar hamda bloggerlar ishtirokida press-tur tashkil etildi. Tadbir doirasida ishtirokchilar turizm obektlarida olib borilayotgan bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari, infratuzilmani yaxshilash, yo‘l va kommunikasiya tizimlarini takomillashtirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan loyihalar bilan yaqindan tanishdilar. Press-tur davomida jurnalist va blogerlar mahalliy aholi, mahalla faollari hamda soha mutasaddilari bilan ochiq muloqotlar o‘tkazib, mavjud muammolar, imkoniyatlar va istiqbolli rejalar haqida batafsil ma‘lumotlarga ega bo‘lishdi. Mazkur tadbir turizm sohasidagi ochiqlik va shaffoflikni ta‘minlash, jamoatchilik nazoratini kuchaytirish hamda tumanning turizm salohiyatini keng jamoatchilikka etkazishda muhim ahamiyat kasb etdi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz

Manzil
Ish vaqti: 9:00-18:00Dam olish kuni: Shanba va YakshanbaO‘zbekiston Respublikasi, Farg‘ona viloyati, Farg‘ona tumani, Farg‘ona shaharchasi O`zbekiston ko`chasi 90 uy.
Aloqa uchun
Hokimlik telefon raqami: (0373) 243 91 30Hokimlik faks raqami: (0373) 243 91 30Elektron pochta: fartuman@inbox.uz
Yangilash
Oxirgi marta saytdagi ma’lumotlar 10.05.2026 da yangilangan
../images/footer/image-1.png
../images/footer/image-3.png../images/footer/image-4.png../images/footer/image-5.png../images/footer/image-6.png
Developed by:
logo.png PremiumSoft