Maxsus imkoniyatlar

Ekran o‘lchami:

50 %

Shrift o‘lchami:

50 %
Saytni baholash
0
0

162025-06-23 21:56

Farg‘ona tumanida «Prokuror kubogi» musobaqasi yoshlar o‘rtasida katta qiziqish uyg‘otdi

https://api3.fergana.uz/files/150400/news/news_1750697784838.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150400/news/news_1750697784957.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150400/news/news_1750697785211.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150400/news/news_1750697785214.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150400/news/news_1750697785220.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150400/news/news_1750697785220.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150400/news/news_1750697785232.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150400/news/news_1750697785233.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150400/news/news_1750697785234.jpg
Yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olishga qaratilgan «Dolzarb 90 kun» loyihasi doirasida Farg‘ona tumanida navbatdagi sport tadbiri bo‘lib o‘tdi. Mazkur tadbir doirasida Streetball bo‘yicha «Prokuror kubogi» musobaqasi tashkil etilib, unda tumanning faol va iqtidorli yoshlar jamoalari ishtirok etdi. Musobaqa qizg‘in va murosasiz bahslarga boy tarzda o‘tdi. Har bir jamoa g‘alaba uchun kurashib, sportga bo‘lgan qiziqish va jamoaviy ruhini namoyon etdi. Tadbir nafaqat sport maydonidagi raqobat bilan, balki chuqur tarbiyaviy mazmuni bilan ham ajralib turdi. Unda yoshlar o‘rtasida huquqiy madaniyatni oshirish, yurtga sadoqat, sog‘lom hayot tarzi va intizomlilik kabi qadriyatlarni targ‘ib qilishga alohida e‘tibor qaratildi. Musobaqa yakunida g‘olib va faol ishtirok etgan jamoalar esdalik sovg‘alari, diplom hamda kuboklar bilan taqdirlandi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz