Maxsus imkoniyatlar

Ekran o‘lchami:

50 %

Shrift o‘lchami:

50 %
Saytni baholash
0
0

732025-07-08 11:24

“Dolzarb 90 kun” doirasida Rishton bolalar oromgohida ma'naviy-ma'rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi

http://api3.fergana.uz/files/151300/news/file-2093587299451985.jpg
Farg‘ona viloyatining Rishton tumanida joylashgan “Rishton” bolalar oromgohida “Dolzarb 90 kun” ma'naviy-ma'rifiy ishlar rejasi doirasida navbatdagi targ‘ibot tadbiri tashkil etildi. Tadbirda Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi tuman bo‘linmasi rahbari D. Dodoboyeva, Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning tuman vakili K. To‘xtasinov hamda bir qator hamkor tashkilotlar va mutasaddi idoralar vakillari ishtirok etdi. Ma’rifiy tadbir doirasida oromgohda dam olayotgan o‘quvchi yoshlar bilan ochiq muloqotlar o‘tkazildi. Muloqotlarda ularga milliy va umuminsoniy qadriyatlar, ma’naviy yetuklik, yot g‘oyalardan ogohlik, diniy bag‘rikenglik va sof e’tiqod asoslari haqida atroflicha ma’lumotlar berildi. Tadbir yakunida ishtirokchilarning savollariga javoblar berildi, fikr va mulohazalar tinglandi hamda kitoblar tarqatildi. Bunday tadbirlar yosh avlod ongi va tafakkurida sog‘lom dunyoqarashni shakllantirishda, ularni har tomonlama barkamol shaxs etib tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz