2172025-08-07 10:44
Farg‘ona tumanida tadbirkorlar bilan ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi

Tadbirkorlikni rivojlantirish, ularning faoliyatida yuzaga kelayotgan muammo va to‘siqlarni aniqlash hamda ularni bartaraf etish, mavjud foydalanilmagan imkoniyatlar va yangi iqtisodiy drayverlarni aniqlash maqsadida Farg‘ona tumani hokimligi tomonidan “Tadbirkorlar bilan ochiq muloqot” tashkil etildi.
Mazkur ochiq muloqot tadbirkorlikni istiqbolli yo‘nalishlarda rivojlantirish, ularning faoliyatida uchrayotgan tizimli muammolarni aniqlash va hal etish bo‘yicha aniq takliflarni ishlab chiqish, shuningdek, joylarda tadbirkorlarning alohida masalalarini tezkorlik bilan ko‘rib chiqish orqali aholi bandligini oshirish va kambag‘allikni qisqartirish kabi dolzarb vazifalarni amalga oshirishga qaratilgan.
Tadbirda Iqtisodiyot va moliya boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari I. Novikov, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik sub‘ektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha Biznes-ombudsmanning Farg‘ona viloyati bo‘yicha sho‘‘basi rahbari Murodjon Po‘latov, Markaziy bank Farg‘ona viloyati bosh boshqarmasi va viloyat Davlat soliq boshqarmasi rahbariyati, Farg‘ona tumani hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari Otabek Abdurahimov, shuningdek, viloyat va tuman miqyosidagi korxona va tashkilotlar rahbarlari hamda tumanda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar ishtirok etdilar.
Muloqot davomida tadbirkorlar tomonidan jami 32 ta murojaat bildirildi. Ulardan har biri mas‘ul tashkilotlarga ijro uchun yo‘naltirilib, qat‘iy nazoratga olindi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz

“Dolzarb 30 kunlik” — hosildorlikni oshirishga qaratilgan tashabbus
53962026-02-12 14:45

Ta’lim tizimi rahbarlari uchun huquqiy targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi
67292026-01-12 13:01

Farg‘ona tumanida umumxalq xashari faol va uyushqoqlik bilan o‘tkazildi
67612026-01-12 12:58

Farg‘ona tumanida umumxalq xashari ko‘tarinki ruhda o‘tkazildi
67572026-01-12 12:52

Axborot-kutubxona markazida “Zakovat” intellektual o‘yini o‘tkazildi
14942026-01-12 12:49