572025-09-03 10:54
Fargʻona tumanida yangi 2025-2026-o‘quv yili tantanali tarzda boshlandi

Yozgi ta’tilni maroqli va mazmunli o‘tkazgan o‘quvchilar uchun yangi o‘quv yili hayajonli va mas’uliyatli onlardan boshlandi. Farg‘ona tumanidagi barcha umumta’lim maktablarida birinchi qo‘ng‘iroq sadolari jaranglab, yosh avlodni bilim va ma’rifat maskanlariga chorlab, 2025-2026-o‘quv yiliga start berildi.
Mazkur quvonchli kun munosabati bilan tuman hokimi o‘rinbosari Ilhomjon Toshpo‘latov “Dilkusho” mahallasida joylashgan Fargʻona tumani ixtisoslashtirilgan maktabida bo‘lib, ilk qo‘ng‘iroq tadbirida ishtirok etdi. U o‘quvchilarni yangi o‘quv yili bilan samimiy tabriklab, ularga yuksak marralarni zabt etishda kuch-g‘ayrat va omad tiladi.
Shuningdek, hokim o‘rinbosari maktabning 11-sinf o‘quvchilari bilan “Kelajak darsi”ni o‘tkazib, ona vatanni sevish, uni ardoqlash va yurt ravnaqiga munosib hissa qo‘shish har bir insonning sharafli burchi ekanini ta’kidladi. Ta’lim orqali har bir o‘quvchi keng dunyoqarash, puxta bilim va mustahkam hayotiy maqsadga ega bo‘lishi zarurligini alohida qayd etdi.
Tadbir doirasida Ilhomjon Toshpo‘latov ta’lim muassasasida yaratilgan o‘quv-moddiy sharoitlar bilan yaqindan tanishib, maktab jamoasi va ota-onalar bilan muloqot qildi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz

“Dolzarb 30 kunlik” — hosildorlikni oshirishga qaratilgan tashabbus
30542026-02-12 14:45

Ta’lim tizimi rahbarlari uchun huquqiy targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi
44072026-01-12 13:01

Farg‘ona tumanida umumxalq xashari faol va uyushqoqlik bilan o‘tkazildi
44072026-01-12 12:58

Farg‘ona tumanida umumxalq xashari ko‘tarinki ruhda o‘tkazildi
44132026-01-12 12:52

Axborot-kutubxona markazida “Zakovat” intellektual o‘yini o‘tkazildi
14572026-01-12 12:49