Maxsus imkoniyatlar

Ekran o‘lchami:

50 %

Shrift o‘lchami:

50 %
Saytni baholash
0
0

1062025-09-03 18:48

Davlat xizmatchilari uchun muloqot: mas’uliyat va etik qadriyatlar muhokama qilindi

http://api3.fergana.uz/files/150400/news/file-2099504208227900.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150400/news/file-2099504208230290.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150400/news/file-2099504208232680.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150400/news/file-2099504208233875.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150400/news/file-2099504208233875.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150400/news/file-2099504208235070.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150400/news/file-2099504208235070.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150400/news/file-2099504208235070.jpg
Farg‘ona tumani hokimligida davlat idoralari xizmatchilari ishtirokida ochiq muloqot tashkil etildi. Tadbirda mamlakatimizda so‘nggi yillarda davlat rahbari tashabbusi bilan davlat xizmatining nufuzini oshirish, davlat xizmatchilarining ijtimoiy va moddiy qo‘llab-quvvatlash, ularning kasbiy salohiyatini yuksaltirish borasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar xususida atroflicha ma’lumot berildi. Muloqot davomida davlat xizmatchilari ogoh bo‘lishi zarur bo‘lgan salbiy illatlar, jumladan, korrupsiya va boshqa huquqbuzarliklar, shuningdek, odob-axloq qoidalari, kiyinish madaniyati va fuqarolar bilan muomala qilish mezonlari batafsil muhokama qilindi. Mazkur jihatlar davlat idoralari imijiga bevosita ta’sir ko‘rsatishi qayd etildi. Shuningdek, yig‘ilishda tegishli normativ-huquqiy hujjatlar, davlat fuqarolik xizmatchilari etikasi bo‘yicha yo‘riqnomalar hamda amaliy uslubiy tavsiyalar taqdim etildi. Tadbir yakunida xodimlarga davlat xizmati sohasida ochiqlik, halollik va mas’uliyat tamoyillariga sodiq bo‘lish, fuqarolarga sifatli xizmat ko‘rsatish hamda davlat xodimining obro‘-e’tiborini yanada mustahkamlash yo‘lida faoliyat olib borish zarurligi ta’kidlandi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz

Manzil
Ish vaqti: 9:00-18:00Dam olish kuni: Shanba va YakshanbaO‘zbekiston Respublikasi, Farg‘ona viloyati, Farg‘ona tumani, Farg‘ona shaharchasi O`zbekiston ko`chasi 90 uy.
Aloqa uchun
Hokimlik telefon raqami: (0373) 243 91 30Hokimlik faks raqami: (0373) 243 91 30Elektron pochta: fartuman@inbox.uz
Yangilash
Oxirgi marta saytdagi ma’lumotlar 30.04.2026 da yangilangan
../images/footer/image-1.png
../images/footer/image-3.png../images/footer/image-4.png../images/footer/image-5.png../images/footer/image-6.png
Developed by:
logo.png PremiumSoft