Maxsus imkoniyatlar

Ekran o‘lchami:

50 %

Shrift o‘lchami:

50 %
Saytni baholash
0
0

52025-09-16 12:06

Farg‘ona tumanida paxta terimi ishlari qizg‘in davom etmoqda

http://api3.fergana.uz/files/150400/news/file-2100817667039935.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150400/news/file-2100817667043520.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150400/news/file-2100817667044715.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150400/news/file-2100817667047105.jpg
Farg‘ona tumani paxta dalalarida hosilni sifatli va nest-nobud qilmasdan yig‘ib-terib olish jarayonlari izchil davom etmoqda. Ushbu jarayonda fermer xo‘jaliklari a’zolari qatorida ilg‘or terimchilarning ham mehnati beqiyos bo‘lib, ularning fidokorona mehnati tuman hosildorligini ta’minlashda muhim o‘rin tutmoqda. Farg‘ona tumani hokimi Xamidullo Inomov dala maydonlariga tashrif buyurib, mehnat jarayonlarini o‘z ko‘zi bilan ko‘zdan kechirdi. Hokim terimchilarning faoliyati bilan tanishib, ular uchun yaratilgan sharoitlar, texnika va mexanizatsiya jarayonlari bilan yaqindan qiziqdi. Shuningdek, fidoyi mehnatkashlar bilan samimiy suhbatlashib, ularga daladagi faoliyati uchun minnatdorlik bildirdi. Bugungi kunda tuman qishloq xo‘jaligi yangi bosqichga qadam qo‘ymoqda. Xususan, ilg‘or agrotexnologiyalar keng joriy etilib, ekishdan tortib yig‘im-terimgacha bo‘lgan barcha jarayonlar bosqichma-bosqich mexanizatsiyalashtirilmoqda. Bu esa nafaqat hosilni tezkor va sifatli yig‘ib olish, balki mehnat unumdorligini oshirish va qishloq xo‘jaligi samaradorligini yanada kuchaytirishga xizmat qilmoqda. Ayni vaqtda, Farg‘ona shahridagi sobiq Mexanika zavodi hududida faoliyat yuritayotgan “Ferghana Swan Cotton Industrial Machinery Stock Co., Ltd” korxonasida ishlab chiqarilgan zamonaviy “Swan Cotton” paxta terish mashinalari tuman fermer xo‘jaliklari amaliyotiga keng tatbiq etilmoqda. Mazkur texnika yordamida hosilni sifatli, yo‘qotishlarsiz va qisqa muddatlarda terib olish ishlari samarali tashkil etilmoqda. Paxta terimiga bo‘lgan bunday mas’uliyatli yondashuv mamlakatimiz agrar siyosatida belgilangan vazifalarga hamohang bo‘lib, qishloq xo‘jaligi barqarorligini ta’minlash hamda iqtisodiyotning muhim tarmoqlaridan biri bo‘lgan paxtachilikni yanada rivojlantirishga xizmat qilmoqda.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz

Manzil
Ish vaqti: 9:00-18:00Dam olish kuni: Shanba va YakshanbaO‘zbekiston Respublikasi, Farg‘ona viloyati, Farg‘ona tumani, Farg‘ona shaharchasi O`zbekiston ko`chasi 90 uy.
Aloqa uchun
Hokimlik telefon raqami: (0373) 243 91 30Hokimlik faks raqami: (0373) 243 91 30Elektron pochta: fartuman@inbox.uz
Yangilash
Oxirgi marta saytdagi ma’lumotlar 16.09.2025 da yangilangan
../images/footer/image-1.png
../images/footer/image-3.png../images/footer/image-4.png../images/footer/image-5.png../images/footer/image-6.png
Developed by:
logo.png PremiumSoft