52025-09-16 12:08
Farg‘ona tumanida “Paxta–2025” yig‘im-terimi uyushqoqlik bilan davom etmoqda

Farg‘ona tumanida paxta yig‘im-terim mavsumi yuksak uyushqoqlik va mehnat shijoati bilan kechmoqda. Tumandagi fermer xo‘jaliklari hamkorlikda olib borayotgan samarali mehnatlari tufayli "Mindon" hududidagi "Navsinash" fermer xoʻjaligi (DNSU)ning 2025-yilgi paxta rejasi muddatidan avval bajarildi.
Hosilning belgilangan muddatdan oldin terib olinishi munosabati bilan bayramona tadbir tashkil etildi. Tadbir davomida fidokor mehnati bilan ajralib turgan ishchilar, terimchilar, traktorchi va fermer xo‘jaligi a’zolari alohida taqdirlandi.
Tadbirda Fargʻona tumani hokimi Xamidullo Inomov ishtirok etib, mehnatkashlarni samimiy tabrikladi va ularning mehnatini yuksak baholadi.
Shuningdek, hosilni nest-nobud qilmay yig‘ib-terishda ko‘rsatgan tashabbusi va fidoyiligi uchun ilg‘or terimchilar minnatdorlik bilan e’tirof etildi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz

Farg‘ona tumanida “Ombudsman soati” tashkil etildi
22025-09-16 13:30

Farg‘ona tumanida paxta terimi ishlari qizg‘in davom etmoqda
52025-09-16 12:06