2822025-09-26 11:25
Fargʻona tumanida yuqumli va mavsumiy kasalliklarning oldini olishga qaratilgan targʻibot ishlari olib borilmoqda

Oʻzbekiston Respublikasi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi Fargʻona viloyati boshqarmasi Fargʻona tuman bo‘limi mutaxassislari tomonidan Satkak MFY hududidagi aholi xonadonlarida sanitar targʻibot ishlari olib borilmoqda.
Targʻibot jarayonida mutaxassislar fuqarolarga yuqumli hamda mavsumiy kasalliklarning oldini olish, shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya etish, toza ichimlik suvidan foydalanish va oziq-ovqat mahsulotlarini toʻgʻri saqlash bo‘yicha amaliy tavsiyalar berishdi.
Shuningdek, aholiga uy-joylarda tozalikni ta’minlash, chiqindilarni vaqtida chiqarish, chivin va hasharotlarga qarshi kurashish kabi gigiyenik choralarni qoʻllashning ahamiyati tushuntirildi.
Mazkur tadbirlar tumanda sogʻlom turmush tarzini qaror toptirish, yuqumli kasalliklarning oldini olish va jamoat salomatligini mustahkamlashga qaratilgan.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz

“Dolzarb 30 kunlik” — hosildorlikni oshirishga qaratilgan tashabbus
34992026-02-12 14:45

Ta’lim tizimi rahbarlari uchun huquqiy targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi
48472026-01-12 13:01

Farg‘ona tumanida umumxalq xashari faol va uyushqoqlik bilan o‘tkazildi
48522026-01-12 12:58

Farg‘ona tumanida umumxalq xashari ko‘tarinki ruhda o‘tkazildi
48572026-01-12 12:52

Axborot-kutubxona markazida “Zakovat” intellektual o‘yini o‘tkazildi
14662026-01-12 12:49