2582025-09-26 11:27
Farg‘ona tumanida yoqilg‘i-energiya resurslaridan samarali foydalanish nazorat ostida

Farg‘ona tumani prokuraturasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 1-maydagi “Yoqilg‘i-energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish va behuda sarflashning oldini olish hamda energiya samaradorligini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlarni takomillashtirish to‘g‘risida”gi PQ-133-son Qarori ijrosi alohida nazoratga olingan.
Shtab a’zolari tomonidan o‘tkazilgan nazorat tadbirida tumandagi “Chimyon” MFY, Fidokor ko‘chasiga tortilgan diametri 100 mm bo‘lgan yer osti gaz quvurida yoriq aniqlanib, gaz sizib chiqish holati kuzatildi.
Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, ushbu nosozlik oqibatida 12 ming m³ gaz sarfi yuzaga kelgan. Mazkur holat bo‘yicha tezkor choralar ko‘rilib, muammo zudlik bilan bartaraf etildi.
Shuningdek, qo‘shimcha energiya manbalarini aniqlash, ularning behuda sarfini oldini olish, reyd tadbirlarini kuchaytirish, energoresurslarni talon-toroj qilishga qarshi kurashish hamda mavjud imkoniyatlarni iqtisod qilish yo‘nalishida kompleks ishlar olib borilmoqda.
Nazorat tadbirlari izchil davom ettirilib, aholining barqaror va xavfsiz energiya ta’minotini kafolatlash hamda resurslardan oqilona foydalanishni ta’minlashga qaratilmoqda.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz

“Dolzarb 30 kunlik” — hosildorlikni oshirishga qaratilgan tashabbus
1422026-02-12 14:45

Ta’lim tizimi rahbarlari uchun huquqiy targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi
15302026-01-12 13:01

Farg‘ona tumanida umumxalq xashari faol va uyushqoqlik bilan o‘tkazildi
15262026-01-12 12:58

Farg‘ona tumanida umumxalq xashari ko‘tarinki ruhda o‘tkazildi
15312026-01-12 12:52

Axborot-kutubxona markazida “Zakovat” intellektual o‘yini o‘tkazildi
14012026-01-12 12:49