22025-10-23 17:05
Farg‘ona tumanida Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i tomonidan fuqarolar qabuli o‘tkazildi

Fuqarolarning qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilish, shuningdek, hafta davomida mehnat faoliyati bilan band bo‘lgan aholiga qulaylik yaratish maqsadida Farg‘ona tumani Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i, podpolkovnik Murodjon Qunduzov tomonidan fuqarolar qabuli o‘tkazildi.
Mazkur qabulda Farg‘ona tumani hokimining birinchi o‘rinbosari Otabek Abduraximov ham ishtirok etdi.
Qabul davomida 16 nafar fuqarodan jami 18 ta murojaat kelib tushdi. Ularning 3 tasi joyida ijobiy hal etildi, 4 nafar murojaatchiga huquqiy tushuntirishlar berildi. Qolgan 11 ta murojaat bo‘yicha esa masalalar kompleks o‘rganishni talab etgani bois, ijrosini nazoratga olish va yechimini ta’minlash yuzasidan mas’ul rahbarlarga tegishli topshiriqlar berildi.
Shuningdek, probatsiya hisobida turgan 3 nafar fuqaroning murojaatlari ham ko‘rib chiqilib, ularning muammolari ijobiy hal etildi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz

Fidoyi mehnatkashlar e’tirof etildi
142025-10-23 17:32

Fargʻona tumani hokimi Xitoylik investorlar bilan uchrashuv oʻtkazdi
52025-10-23 17:19