1592026-01-05 17:53
Bolalarni zo‘ravonlikdan himoya qilish — jamiyat kelajagini himoya qilishdir

Bola — jamiyatning kelajagi. Uning xavfsizligi va tinchligi ta’minlanmagan jamiyatda barqaror rivojlanish haqida gapirish qiyin. Shu bois 2026–2030 yillarga mo‘ljallangan bolalarni zo‘ravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish strategiyasining qabul qilinishi har bir fuqaro uchun muhim ahamiyatga ega.
Bolaga nisbatan zo‘ravonlik — bu faqat oilaviy muammo emas, balki jamiyatning eng og‘riqli nuqtasidir. Shu sabab Prezident tomonidan bolalarni zo‘ravonlikning barcha shakllaridan himoya qilishga qaratilgan Farmonning qabul qilinishi chuqur ijtimoiy ahamiyatga ega.
Mazkur Farmon bilan davlat bolani yolg‘iz qoldirmasligini, zo‘ravonlikka duch kelgan har bir bola himoya ostida bo‘lishini aniq namoyon etdi. Professional tutingan oilalar, ijtimoiy ko‘mak markazlari, “mehrli oila” xizmatlari orqali bolaga nafaqat huquqiy, balki ruhiy va ijtimoiy yordam ko‘rsatiladi.
Ko‘pincha bolalarga nisbatan zo‘ravonlik ochiq emas, balki yashirin shaklda sodir bo‘ladi. Bola qo‘rqadi, sukut saqlaydi, jamiyat esa bu muammoni ko‘rmaslikka harakat qiladi. Yangi Farmon aynan mana shu sukutni buzishga qaratilgan.
Farmonda bolalarni faqat qonun bilan emas, balki ijtimoiy, psixologik va ma’naviy qo‘llab-quvvatlash orqali himoya qilish yondashuvi ilgari surilgan. Ta’lim muassasalarida, oilalarda va mahallalarda bolalarga do‘stona muhit yaratish muhim vazifa sifatida belgilangan.
Farmon ota-onalar, o‘qituvchilar, shifokorlar va butun jamiyatga savol qo‘yadi: biz bolani asrash uchun nima qilyapmiz? Chunki bola himoyasi faqat davlat vazifasi emas, balki har bir fuqaroning insoniy burchidir.
Bugun bolani zo‘ravonlikdan asrash — ertangi adolatli va sog‘lom jamiyatni qurish demakdir. Prezident Farmoni ana shu maqsad sari tashlangan muhim qadam bo‘lib xizmat qiladi.
© Jinoyat ishlari bo’yicha Farg’ona tuman sudi sudyasi X.Sh.Sultonov

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz

Mehnat qilgan oilada baraka bo‘ladi
82026-01-08 18:09

Farg‘ona tumani ta’lim bo‘limi rahbari tanlov g‘olibi deb topildi
582026-01-07 16:24

Prezident Murojaatnomasi yuzasidan targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi
582026-01-07 16:22