Maxsus imkoniyatlar

Ekran o‘lchami:

50 %

Shrift o‘lchami:

50 %
Saytni baholash
0
0

1082026-01-07 16:24

Farg‘ona tumani ta’lim bo‘limi rahbari tanlov g‘olibi deb topildi

http://api3.fergana.uz/files/150400/news/file-2112503170842585.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150400/news/file-2112503170843780.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150400/news/file-2112503170846170.jpg
Vodiy1.uz rasmiy axborot kanali rahbariyati hamda Farg‘ona viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i Sherzodjon Dolimov tashabbusi bilan tashkil etilgan “Farg‘ona viloyatida eng yaxshi faoliyat olib borayotgan tuman (shahar) maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi rahbarini tanlaymiz” tanlovi yakunlariga ko‘ra, Farg‘ona tumani maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshlig‘i Shovkatjon Yuldashev tanlov g‘olibi deb e’tirof etildi. Tanlov yakunlarida ta’lim sohasida olib borilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, tizimli yondashuv, samarali boshqaruv hamda pedagogik jamoalar bilan yo‘lga qo‘yilgan samarali hamkorlik faoliyati yuqori baholandi. Ushbu omillar Farg‘ona tumanida ta’lim sifatini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlarning samaradorligini yaqqol namoyon etdi. Tantanali taqdirlash marosimida Shovkatjon Yuldashev Vodiy1.uz rasmiy axborot kanali kubogi va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz

Manzil
Ish vaqti: 9:00-18:00Dam olish kuni: Shanba va YakshanbaO‘zbekiston Respublikasi, Farg‘ona viloyati, Farg‘ona tumani, Farg‘ona shaharchasi O`zbekiston ko`chasi 90 uy.
Aloqa uchun
Hokimlik telefon raqami: (0373) 243 91 30Hokimlik faks raqami: (0373) 243 91 30Elektron pochta: fartuman@inbox.uz
Yangilash
Oxirgi marta saytdagi ma’lumotlar 09.01.2026 da yangilangan
../images/footer/image-1.png
../images/footer/image-3.png../images/footer/image-4.png../images/footer/image-5.png../images/footer/image-6.png
Developed by:
logo.png PremiumSoft