1122026-01-07 16:46
Farg‘ona tumanida tomorqadan unumli foydalanish orqali eksportbop mahsulotlar yetishtirilmoqda

Farg‘ona tumanida tomorqa yerlaridan samarali foydalanish, aholi bandligini ta’minlash va daromad manbalarini kengaytirish borasida amaliy ishlar izchil davom etmoqda. Xususan, hududda issiqxonalar soni yildan-yilga ortib, ayrim yo‘nalishlar “drayver” sohaga aylanib ulgurdi.
Farg‘ona tumanidagi Guzar mahallasida istiqomat qiluvchi Abdurasul Ahmedov ham ana shunday tashabbuskor tomorqa egalaridan. Uning aytishicha, mahallada so‘nggi yillarda qalampir yetishtirish bo‘yicha aholi tajribasi ortgan va mazkur ekin turi yuqori daromad keltirayotgan yo‘nalish sifatida shakllangan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, 2025-yilning noyabr oyida issiqxonaga ekilgan ko‘chatlardan bugungi kunda hosil olish ishlari boshlangan. 18 sotix maydonda tashkil etilgan issiqxonada zamonaviy tomchilatib sug‘orish tizimi joriy etilgan bo‘lib, bu ekinlarning o‘sishi va hosildorligiga ijobiy ta’sir ko‘rsatmoqda.
E’tiborli jihati shundaki, mahallada yetishtirilayotgan qalampir mahsulotlari nafaqat ichki bozorga, balki eksportga ham yo‘naltirilmoqda. Bu esa yer maydonlaridan samarali foydalanishga xizmat qilmoqda. Ushbu jarayonda mahsulotlarning sifatli va zararsiz bo‘lishi, fitosanitar talablarga to‘liq rioya etilishi muhim omil hisoblanadi.
Farg‘ona viloyati O‘simliklar karantini va himoyasi boshqarmasining Farg‘ona tuman bo‘limi karantin inspektorlari tomonidan doimiy ravishda yer egalariga amaliy ko‘mak va tavsiyalar berib bormoqdalar.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz

Mehnat qilgan oilada baraka bo‘ladi
572026-01-08 18:09

“Obod” mahallasida navbatdagi “Huquqiy targ‘ibot kuni” tadbiri o‘tkazildi
572026-01-08 18:07

Farg‘ona tumani ta’lim bo‘limi rahbari tanlov g‘olibi deb topildi
1072026-01-07 16:24

Prezident Murojaatnomasi yuzasidan targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi
1062026-01-07 16:22

Bolalarni zo‘ravonlikdan himoya qilish — jamiyat kelajagini himoya qilishdir
1602026-01-05 17:53