2242026-01-08 18:07
“Obod” mahallasida navbatdagi “Huquqiy targ‘ibot kuni” tadbiri o‘tkazildi

Farg‘ona tumanida aholining huquqiy ongi va madaniyatini oshirish, ularni qiynab kelayotgan muammolarga joyida yechim topish maqsadida izchil ishlar olib borilmoqda. Ana shunday tadbirlar doirasida Farg‘ona tuman Adliya bo‘limi xodimlari tomonidan “Obod” mahalla fuqarolar yig‘inida navbatdagi “Huquqiy targ‘ibot kuni” tadbiri tashkil etildi.
Tadbir davomida fuqarolarning huquqiy muammolari va murojaatlari o‘rganilib, sayyor qabul o‘tkazildi. Sayyor qabulda 30 ga yaqin mahalla aholisi ishtirok etdi. Qabul jarayonida 20 dan ortiq fuqaroning murojaati tinglanib, ularning 12 tasiga amaldagi qonunchilik asosida tegishli huquqiy tushuntirishlar berildi. Qolgan murojaatlar bo‘yicha esa belgilangan tartibda choralar ko‘rish yuzasidan tavsiyalar berildi.
Shuningdek, tadbir doirasida mahalla faollariga o‘z faoliyatlari bilan bog‘liq masalalar yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berildi. Aholiga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-yanvardagi PQ–1-sonli qarori hamda PF–173-sonli farmonining mazmun-mohiyati atroflicha tushuntirilib, ushbu hujjatlar ijrosi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz

“Dolzarb 30 kunlik” — hosildorlikni oshirishga qaratilgan tashabbus
13332026-02-12 14:45

Ta’lim tizimi rahbarlari uchun huquqiy targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi
27032026-01-12 13:01

Farg‘ona tumanida umumxalq xashari faol va uyushqoqlik bilan o‘tkazildi
27002026-01-12 12:58

Farg‘ona tumanida umumxalq xashari ko‘tarinki ruhda o‘tkazildi
27082026-01-12 12:52

Axborot-kutubxona markazida “Zakovat” intellektual o‘yini o‘tkazildi
14192026-01-12 12:49