Deputat Dilbar Mamajonova Farg‘ona tumanida saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazdi
Oliy Majlis Qonunchilik Palatasi deputati Dilbar Mamajonova o‘zining Farg‘ona tumanidagi saylov okrugida navbatdagi uchrashuvini o‘tkazdi. Uchrashuv doirasida deputat tuman markaziy shifoxonasi tug‘ruq bo‘limida bo‘lib, muassasa faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
Tashrif davomida deputat bemorlar va ularning yaqinlari bilan muloqotda bo‘lib, ayniqsa korrupsiya holatlarining oldini olish, tibbiyot muassasalarida shaffoflikni ta‘minlash masalalari bo‘yicha suhbat olib bordi. Shuningdek, dori-darmon va sarflov materiallari ta‘minoti, ularning mavjudligi va sifatiga alohida e‘tibor qaratildi.
Uchrashuvda deputat tomonidan qonunchilikdagi so‘nggi o‘zgarishlar, Prezident farmon va qarorlari, sog‘liqni saqlash tizimidagi islohotlar, shuningdek, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish bo‘yicha ham fikr almashildi.
Shu bilan birga, Dilbar Mamajonovaning ilgari o‘tkazilgan uchrashuvida tumanda investisiya dasturlari doirasida qurilayotgan ijtimoiy soha ob‘ektlari sifati ham jamoatchilik vakillari bilan birgalikda o‘rganilgani alohida ta‘kidlandi.