Maxsus imkoniyatlar

Ekran o‘lchami:

50 %

Shrift o‘lchami:

50 %
Saytni baholash
0
0

462025-04-26 07:24

Farg‘ona tumanida nogironligi bo‘lgan shaxslar mahsulotlari yarmarkasi tashkil etildi

https://api3.fergana.uz/files/150400/news/news_1745634223622.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150400/news/news_1745634223618.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150400/news/news_1745634223632.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150400/news/news_1745634223623.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150400/news/news_1745634223646.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150400/news/news_1745634223640.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150400/news/news_1745634223647.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150400/news/news_1745634223901.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150400/news/news_1745634223916.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150400/news/news_1745634223915.jpg
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev rahbarligida 2024-yil 13-dekabrda o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishining 60-sonli bayoni, xususan, uning 21-bandiga muvofiq ravishda hududlarda nogironligi bo‘lgan shaxslarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning mehnat faoliyatini kengaytirish va jamiyatga integrasiyasini ta‘minlash maqsadida tegishli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Mazkur topshiriq ijrosini ta‘minlash maqsadida Farg‘ona tumani Savdo sanoat palatasi tomonidan tuman hokimligi va “Inson“ ijtimoiy xizmatlar markazi bilan hamkorlikda «Tinchlik» mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi «Hunarmandlar markazi»da nogironligi bo‘lgan shaxslar tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlar savdo yarmarkasi tashkil etildi. Yarmarkada nogironligi bo‘lgan 30 nafardan ortiq tadbirkor va hunarmand fuqarolar ishlab chiqargan turli xil qo‘l mehnati mahsulotlari, hunarmandchilik buyumlari, uy-ro‘zg‘or anjomlari va boshqa ijodiy ishlardan iborat ko‘rgazma tashkil etildi. Shuningdek, fuqarolar o‘z mahsulotlarini namoyish etib, savdo-sotiq ishlarini olib bordilar, ularga xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlar tomonidan ma‘lumotlar berilib, zarur ko‘maklar taklif qilindi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz