Farg‘ona tumanidagi 20-maktabda «So‘nggi qo‘ng‘iroq» jarangladi
Farg‘ona tumani 20-umumiy o‘rta ta‘lim maktabida an‘anaviy tarzda “So‘nggi qo‘ng‘iroq“ tadbiri o‘tkazildi. Tadbir 2024–2025-o‘quv yilining yakuniga bag‘ishlanib, maktab bitiruvchilari uchun hayotlaridagi muhim bosqichlardan biriga aylandi.
Tantanali marosimda Farg‘ona tumani hokimi o‘rinbosari Ilhomjon Toshpo‘latov, Maktabgacha va maktab ta‘limi boshqarmasi vakili Ma‘ripjon Turdimatov, tuman maktabgacha va maktab ta‘limi bo‘limi mutasaddilari, tuman Madaniyat bo‘limi rahbarlari va xodimlari, mahalla ettiligi vakillari, faol nuroniylar, bitiruvchi sinf o‘quvchilarining ota-onalari, maktab ma‘muriyati, ustoz-murabbiylar hamda maktab o‘quvchilari ishtirok etdilar.
Tadbir davomida maktab o‘quvchilari tomonidan tayyorlangan badiiy chiqishlar, jo‘shqin kuy-qo‘shiqlar, sahna ko‘rinishlari yig‘ilganlarga bayramona ruh va quvonch ulashdi. Yoshlar ijrosidagi sahnalar, samimiy so‘zlar va do‘stona tabassumlar maktab hayotidagi eng shodiyona kunni unutilmas onlarga aylantirdi.
Bitiruvchilar o‘z hayotlarining muhim bir bosqichi – maktab yillari bilan xayrlashar ekan, ustozlariga yuksak hurmat va minnatdorlik bildirdilar. Ulug‘ maqsadlar sari yo‘l olayotgan yoshlar bu qadrlik ustozlarning bilim va tarbiyasi tufayli hayot sinovlariga tayyor ekanliklarini ta‘kidladilar.
“So‘nggi qo‘ng‘iroq“ sadosi ostida maktabni bitirayotgan yosh avlodga yorqin kelajak, oliy maqsadlar sari dadil qadamlar va bardavom muvaffaqiyatlar tilaymiz.