Maxsus imkoniyatlar

Ekran o‘lchami:

50 %

Shrift o‘lchami:

50 %
Saytni baholash
0
0

1362025-05-24 20:38

31-maktabda bitiruvchilar uchun bayram tadbiri tashkil etildi

https://api3.fergana.uz/files/150400/news/news_1748101011860.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150400/news/news_1748101011968.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150400/news/news_1748101012186.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150400/news/news_1748101012177.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150400/news/news_1748101012192.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150400/news/news_1748101012184.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150400/news/news_1748101012194.jpg
Maktab — har bir inson hayotida orzular poydevori qo‘yiladigan, yuksak maqsadlarga ilk qadamlari bosiladigan muqaddas maskan hisoblanadi. Bugungi kunda yurtimizda ta‘lim tizimini takomillashtirish, zamonaviy bilimlarga ega barkamol avlodni tarbiyalash borasida tizimli islohotlar olib borilmoqda. Farg‘ona tumani Maktabgacha va maktab ta‘limi bo‘limiga qarashli 31-sonli umumiy o‘rta ta‘lim maktabida navbatdagi bitiruv bayrami tadbiri tantanali tarzda o‘tkazildi. Tadbirda Farg‘ona viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshlig‘i, polkovnik Ilxomjon Qo‘chqarov ishtirok etdi. Tadbir davomida polkovnik Ilxomjon Qo‘chqarov muhtaram Prezidentimiz tomonidan bitiruvchilarga yo‘llangan samimiy bayram tabrigini o‘qib eshittirdi hamda bir guruh faol va izlanuvchan bitiruvchilarga esdalik sovg‘alarini topshirdi. Shuningdek, maktabni a‘lo baholarga bitirgan yoshlar alohida e‘tirof etildi. Ular kelgusida oliy ta‘lim muassasalariga o‘qishga kirib, yurt rivoji yo‘lida munosib hissa qo‘shishlariga, ota-onalari va ustozlari ishonchini oqlab, jamiyatda o‘z o‘rinlarini topishlariga ezgu tilaklar bildirildi. Tadbir davomida bitiruvchilar, ustozlar va ota-onalar ishtirokida iliq muloqotlar, badiiy chiqishlar hamda maktab hayotiga oid esdalik lavhalari orqali bayramga o‘ziga xos ruh bag‘ishlandi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz