Farg‘ona tumani Maktabgacha va maktab ta‘limi bo‘limi tasarrufidagi 7-sonli Davlat maktabgacha ta‘lim tashkilotida maktab yoshiga etgan tarbiyalanuvchilar uchun «Xayr bog‘cham – Salom maktab!» nomli tantanali tadbir tashkil etildi.
Tadbir davomida kichkintoylar o‘zlarining she‘r va qo‘shiqlari, raqs va sahna ko‘rinishlari bilan ishtirok etib, bog‘cha hayoti bilan xayrlashishayotganini katta hayajon bilan ifoda etdilar. Ularning har bir chiqishi mehmonlar, ota-onalar va ustozlar tomonidan katta qiziqish va olqish bilan kuzatildi.
Tarbiyachilar esa bolalarni maktabga tayyorlash jarayonida ko‘rsatgan mehnatlari, sabr-toqati va mehr-muhabbatlarini faxr bilan namoyon etdilar. Tadbir yakunida tarbiyalanuvchilarga esdalik sovg‘alari topshirilib, ularning kelajakda bilimli, izlanuvchan va etuk shaxs bo‘lib ulg‘ayishlariga tilaklar bildirildi.
Mazkur tadbir maktabgacha ta‘lim jarayonining mantiqiy yakuni sifatida nafaqat bolalarning, balki ularning ota-onalari va tarbiyachilarining xotirasida ham unutilmas taassurotlar qoldirdi.