Farg‘ona tumanida yong‘in xavfsizligi bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar olib borilmoqda
2025-yil 20-maydan 20-iyun kuniga qadar yurtimiz bo‘ylab yong‘in xavfsizligini ta‘minlash maqsadida “Dolzarb 30 kun” profilaktik tadbiri o‘tkazilmoqda. Ushbu tadbirlar doirasida Farg‘ona tumanida ham keng ko‘lamli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Tuman Favqulodda vaziyatlar bo‘limi xodimlari tomonidan "Mehnatobod" MFY, Vodil Avto bosh bekat, Hududiy gaz ta‘minoti bo‘limi, "Universal bank" bo‘limi kabi aholi gavjum joylarda yong‘in xavfsizligi, favqulodda holatlarning oldini olish, shuningdek, cho‘kish bilan bog‘liq holatlarning oldini olish bo‘yicha kuchaytirilgan tartibda profilaktik tadbirlar o‘tkazilmoqda.
Tadbirlar davomida fuqarolar bilan suhbatlar o‘tkazilib, ularga yong‘in xavfsizligi qoidalari, gaz-havo aralashmasining portlashi bilan bog‘liq xavf-xatarlar, ularni oldini olish usullari haqida tushuntirish ishlari olib borildi. Shuningdek, aholiga eslatmalar, bukletlar va boshqa targ‘ibot materiallari tarqatildi.
Mazkur tadbirlar aholining yong‘in xavfsizligi bo‘yicha xabardorligini oshirish, muhim obektlarda texnik holatni nazorat qilish va favqulodda vaziyatlarning oldini olishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.