Farg‘ona tumanida xorijiy investorlar bilan o‘zaro hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi
Farg‘ona tumani hokimi o‘rinbosari – Investisiyalar, sanoat va savdo sho‘basi boshlig‘i Akbarjon Axrorov turk millatiga mansub fransiyalik investorlar bilan uchrashuv o‘tkazdi. Muloqot chog‘ida tomonlar Farg‘ona tumani «Soy bo‘yi» kichik sanoat zonasida joylashgan «Chimyon omadi» MChJ qo‘shma korxonasi faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.
Mazkur korxona tomonidan 2024-yilda o‘z mablag‘lari hisobidan «O‘rikni qayta ishlash, quritish va qadoqlash» loyihasi yo‘lga qo‘yilgan. Ahamiyatli jihati shundaki, loyiha doirasida hududdagi 45 nafar xotin-qizlarning doimiy bandligi ta‘minlanmoqda.
Uchrashuv davomida loyiha faoliyatini kengaytirish, yangi ish o‘rinlarini yaratish va qadoqlangan tayyor mahsulotlarni xalqaro bozorga eksport qilish istiqbollari atroflicha muhokama qilindi. Tomonlar o‘rtasida ayniqsa, qadoqlangan o‘rik mahsulotlarini chet el bozorlariga etkazib berish, savdo-iqtisodiy hamkorlikni kuchaytirish bo‘yicha fikr almashildi.