Maxsus imkoniyatlar

Ekran o‘lchami:

50 %

Shrift o‘lchami:

50 %
Saytni baholash
0
0

292025-07-01 11:39

"Do‘stlik" mahallasi yoshlari uchun yangi vorkout maydonchasi foydalanishga topshirildi

https://api3.fergana.uz/files/150400/news/news_1751351827499.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150400/news/news_1751351827510.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150400/news/news_1751351827504.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150400/news/news_1751351827507.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150400/news/news_1751351827524.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150400/news/news_1751351827599.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150400/news/news_1751351827632.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150400/news/news_1751351827647.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150400/news/news_1751351827850.jpg
Farg‘ona tumani "Do‘stlik" mahallasidagi 28-umumiy o‘rta ta‘lim maktabi hududida zamonaviy vorkout (sog‘lomlashtiruvchi sport) maydonchasi qurildi. Ushbu loyiha tantanali tarzda foydalanishga topshirildi. Avval xabar berganimizdek, Farg‘ona tumani "Do‘stlik" mahallasi yoshlaridan iborat jamoa "Besh tashabbus olimpiadasi" doirasida sportning voleybol turi bo‘yicha "Ichki ishlar vaziri kubogi" musobaqasining 16–21 yosh toifasida, qizlar o‘rtasida o‘tkazilgan Respublika bosqichida faxrli 3-o‘rinni qo‘lga kiritgan edi. Mazkur yutuq evaziga mahalladagi 28-umumiy o‘rta ta‘lim maktabi hududida zamonaviy vorkout (sog‘lomlashtiruvchi sport) maydonchasi qurildi. Ushbu loyiha “Dolzarb 90 kun” tadbirlari hamda “Yoshlar kuni” doirasida mahalla yoshlari uchun tantanali tarzda foydalanishga topshirildi. Tadbirda g‘olib jamoa a‘zolari, mahalla yoshlari, nuroniylar, faollar hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi. Marosimda nuroniylar tomonidan duolar qilinib, ramziy lenta kesildi va yangi sport maydonchasi rasman ishga tushirildi. Tadbir davomida yoshlar uchun bayramona dastur namoyish etilib, ushbu maydoncha nafaqat sport bilan shug‘ullanish, balki sog‘lom turmush tarzini shakllantirishda muhim vosita bo‘lib xizmat qilishi ta‘kidlandi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz