“Zakovat” intellektual o‘yini — yoshlar bilimini sinovdan o‘tkazdi
Yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida Farg‘ona tumanining “Shohimardon” hamda “Yordon” mahallalarida “Zakovat” intellektual o‘yini tashkil etildi.
Mazkur musobaqada mahallalarda yashovchi yoshlar jamoalarga birlashib, o‘z bilim va tafakkurlarini sinovdan o‘tkazdilar. Qizg‘in va murosasiz ruhda o‘tgan bellashuv davomida ishtirokchilar mantiqiy savollar, tarixiy faktlar hamda umumiy dunyoqarashga oid topshiriqlarga javob berish orqali bilimlarini namoyish etdilar.
Musobaqa yakunida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan jamoalar Farg‘ona tumani Yoshlar ishlari bo‘limi tomonidan esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.