Maxsus imkoniyatlar

Ekran o‘lchami:

50 %

Shrift o‘lchami:

50 %
Saytni baholash
0
0

392025-07-01 11:58

U-14 gandbol bo‘yicha O‘zbekiston kubogida Farg‘ona tumani yoshlari muvaffaqiyat qozondi

https://api3.fergana.uz/files/150400/news/news_1751352990044.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150400/news/news_1751352990191.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150400/news/news_1751352990208.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150400/news/news_1751352990218.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150400/news/news_1751352990228.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150400/news/news_1751352990232.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150400/news/news_1751352990243.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150400/news/news_1751352990236.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150400/news/news_1751352990244.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150400/news/news_1751352990248.jpg
Farg‘ona shahrida sportning gandbol turi bo‘yicha U-14 toifasida (o‘g‘il bolalar va qizlar o‘rtasida) O‘zbekiston kubogi musobaqasi yuqori saviyada o‘tkazildi. Mazkur nufuzli musobaqada yurtimizning barcha hududlaridan kelgan 28 ta jamoaning 400 nafardan ortiq yosh sportchilari g‘oliblik uchun bellashdi. Musobaqa yakunida quyidagi natijalar qayd etildi: O‘g‘il bolalar o‘rtasida: 🥇 1-o‘rin: Farg‘ona viloyati 🥈 2-o‘rin: Jizzax viloyati 🥉 3-o‘rin: Andijon viloyati Qizlar o‘rtasida: 🥇 1-o‘rin: Qoraqalpog‘iston Respublikasi 🥈 2-o‘rin: Farg‘ona viloyati 🥉 3-o‘rin: Navoiy viloyati G‘olib va sovrindor jamoalar musobaqa tashkilotchilari tomonidan diplom, medal hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar. Quvonarlisi, 2-o‘rinni egallagan Farg‘ona viloyati jamoasi sharafini Farg‘ona tumani 2-son sport maktabi tarbiyalanuvchi qizlari munosib himoya qildilar. Bu esa tuman yoshlari orasida sportga bo‘lgan e‘tibor va mehnat samaradorligidan dalolatdir. Farg‘ona tumani hokimligi nomidan sport maktabi ma‘muriyati, murabbiylar va musobaqada yutuq qo‘lga kiritgan yosh sportchilarni tabriklab, kelgusi faoliyatlarida ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz!

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz