Maxsus imkoniyatlar

Ekran o‘lchami:

50 %

Shrift o‘lchami:

50 %
Saytni baholash
0
0

432025-07-04 01:22

Farg‘ona tumanida «Yoshlar oqshomi» konsert dasturi bo‘lib o‘tdi

https://api3.fergana.uz/files/150400/news/news_1751573918843.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150400/news/news_1751573918941.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150400/news/news_1751573919179.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150400/news/news_1751573919213.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150400/news/news_1751573919275.jpg
Farg‘ona tumani «Marg‘ilon» mahalla fuqarolar yig‘ini hududida yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish maqsadida «Yoshlar oqshomi» konsert dasturi tashkil etildi. «Dolzarb 90 kunlik» doirasida Farg‘ona tumani «Marg‘ilon» mahalla fuqarolar yig‘ini hududida yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish, ularning madaniy hordiq chiqarishlari uchun shart-sharoitlar yaratish maqsadida «Yoshlar oqshomi» konsert dasturi tashkil etildi. Mazkur tadbirda «Marg‘ilon» va «Dilkusho» mahalla fuqarolar yig‘inlari xodimlari, ushbu hududlarda istiqomat qiluvchi fuqarolar, ayniqsa, yoshlar faol ishtirok etdi. Oqshom davomida Farg‘ona tumani Madaniyat bo‘limi tomonidan tayyorlangan bayramona konsert dasturi mehmonlarga namoyish etildi. Yorqin chiqishlar, kuy-qo‘shiqlar va sahna ko‘rinishlari tadbirga yig‘ilganlarga yuqori kayfiyat ulashdi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz