Maxsus imkoniyatlar

Ekran o‘lchami:

50 %

Shrift o‘lchami:

50 %
Saytni baholash
0
0

82025-10-17 17:30

Farg‘onalik o‘quvchining xalqaro muvaffaqiyati

http://api3.fergana.uz/files/150400/news/file-2104041524977390.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150400/news/file-2104041524978585.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150400/news/file-2104041524979780.jpg
Farg‘ona tumani 39-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabining 6–7-sinf o‘quvchilari — Abdurahmonova Farzonaxon, Muhammadaminova Oynuraxon hamda Shokiraliyev Muhammadjon 2025-yil 12-oktabr kuni Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan “VOC TOURNAMENT English Olympiad 2025” tanlovining final bosqichida munosib ishtirok etishdi. Ular orasida 6-sinf o‘quvchisi Abdurahmonova Farzonaxon Jamshidbek qizi yuqori natija ko‘rsatib, 100/100 ball to‘pladi va oltin medal sovrindori bo‘ldi. Yosh iste’dodlarning bu yutug‘i nafaqat uning shaxsiy mehnati va bilimga bo‘lgan intilishining natijasi, balki Farg‘ona tumanida ta’lim sifati yuksalib borayotgani, o‘quvchilarning xorijiy tillarni o‘rganishdagi yutuqlari kengayib borayotganining yaqqol dalilidir. Farg‘ona tumani hokimligi nomidan Farzonaxonning ushbu yutug‘ini samimiy muborakbod etamiz. O‘qishlarida ulkan omadlar va yanada yuksak cho‘qqilarni zabt etishini tilaymiz.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz

Manzil
Ish vaqti: 9:00-18:00Dam olish kuni: Shanba va YakshanbaO‘zbekiston Respublikasi, Farg‘ona viloyati, Farg‘ona tumani, Farg‘ona shaharchasi O`zbekiston ko`chasi 90 uy.
Aloqa uchun
Hokimlik telefon raqami: (0373) 243 91 30Hokimlik faks raqami: (0373) 243 91 30Elektron pochta: fartuman@inbox.uz
Yangilash
Oxirgi marta saytdagi ma’lumotlar 18.10.2025 da yangilangan
../images/footer/image-1.png
../images/footer/image-3.png../images/footer/image-4.png../images/footer/image-5.png../images/footer/image-6.png
Developed by:
logo.png PremiumSoft