1552025-10-24 17:23
“Damko‘l” mahallasida elektr ta’minoti muammosi hal etildi

Har bir murojaat — bu xalqning umidi, ishonchi va talabidir. Eng katta yutuq esa — ana shu ishonchni oqlashdan iboratdir.
Shu ezgu maqsadda Xalq deputatlari Farg‘ona tuman Kengashi deputatlari Shuxratjon Raximov va Ozodaxon Dadajonovalar mahallalardagi mavjud muammolarni joyiga chiqib o‘rgandilar, fuqarolar murojaatlarini tinglab, ularning taklif va ehtiyojlariga e’tibor qaratdilar.
Natijada “Damko‘l” mahallasida yillar davomida aholini qiynab kelgan elektr ta’minoti muammosi bartaraf etildi. Mahallaga 1 dona 250 kVt quvvatga ega yangi transformator (TP) o‘rnatildi.
Endilikda mahalla ko‘chalarida yorug‘lik va qulaylik hukm suradi, odamlar qalbiga esa umid va ishonch nuri kirib kelmoqda. Bu nafaqat infratuzilmani yaxshilash, balki fuqarolar uchun xavfsiz va farovon hayot sharoitlarini yaratish yo‘lidagi muhim qadam bo‘ldi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz

Fargʻona tumanida “Mahalla yettiligi” uchun o‘quv-amaliy seminar tashkil etildi
1722025-10-24 17:31

Farg‘onalik o‘qituvchilar kunchiqar mamlakatada malaka oshirishmoqda
1732025-10-24 17:30