1722025-10-24 17:26
Deputat Bahodir Ahmadjonov maktabgacha ta’lim muassasasida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holatini o‘rgandi

Xalq deputatlari Farg‘ona tuman Kengashi deputati Bahodir Ahmadjonov hamkor tashkilotlar vakillari bilan birgalikda tumandagi “Soy bo‘yi” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan 44-sonli maktabgacha ta’lim muassasasida bo‘lib, 2025–2026-yillar kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik jarayonlarini o‘rgandi.
Tekshiruv davomida muassasadagi isitish tizimlari, qozonlarning texnik holati, yoqilg‘i zaxiralari, shuningdek, xonalarning mavsumga tayyorligi atroflicha ko‘zdan kechirildi. Shu bilan birga, energiya tejamkorlikni ta’minlash va bolalar uchun qulay muhit yaratish masalalari ham tahlil etildi.
O‘rganish natijasida aniqlangan ayrim kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi. Deputat Bahodir Ahmadjonov muassasa rahbariyatiga kuz-qish mavsumini muammosiz o‘tkazish, isitish tizimlarining uzluksiz va samarali ishlashini doimiy nazoratda ushlab borish zarurligini ta’kidladi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz

Fargʻona tumanida “Mahalla yettiligi” uchun o‘quv-amaliy seminar tashkil etildi
1722025-10-24 17:31

Farg‘onalik o‘qituvchilar kunchiqar mamlakatada malaka oshirishmoqda
1722025-10-24 17:30

“Damko‘l” mahallasida elektr ta’minoti muammosi hal etildi
1542025-10-24 17:23