Maxsus imkoniyatlar

Ekran o‘lchami:

50 %

Shrift o‘lchami:

50 %
Saytni baholash
0
0

1732025-10-24 17:30

Farg‘onalik o‘qituvchilar kunchiqar mamlakatada malaka oshirishmoqda

http://api3.fergana.uz/files/150400/news/file-2104764314583895.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150400/news/file-2104764314586285.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150400/news/file-2104764314586285.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150400/news/file-2104764314587480.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150400/news/file-2104764314588675.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150400/news/file-2104764314589870.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150400/news/file-2104764314591065.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150400/news/file-2104764314592260.jpg
Xabaringiz bor, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rahbarligida 2025-yil 15-may kuni maktab ta’limi tizimidagi islohotlar va ustuvor vazifalarga bag‘ishlab o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida muhim topshiriq berilgan edi. Unda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Toshkent shahri va barcha viloyatlar hokimliklariga har bir tuman (shahar)dan 5 nafardan maktab o‘qituvchilarini xorijiy davlatlarga malaka oshirishga yuborish vazifasi yuklatilgan edi. Ushbu topshiriq ijrosini ta’minlash maqsadida Farg‘ona viloyati hokimligi tomonidan viloyatning turli hududlaridan saralangan 25 nafar mentor-o‘qituvchi Yaponiya davlatiga malaka oshirish uchun junab ketganlikolariborasida xabardorsiz Dastlab viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i Sherzod Dolimov boshchiligidagi delegatsiya O‘zbekiston Respublikasining Yaponiyadagi Elchixonasida uchrashuvlarda bo‘lishdi. Bugun yurtdoshlarimiz Tokio prefekturasi Suginami tumanidagi Momoi 2-sonli boshlang‘ich maktabida maxsus ehtiyojli o‘quvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar. Soha mutasadilari muassasa faoliyati haqida keng qamrovli ma’lumotlar taqdim extishdi. Ustozlarimiz maktabda ta’lim borasidagi tajribalarni o‘rganish jarayonlarida muassasadagi dars jarayonlarida ham qatnashishdi. Muasasada Farg‘onalik ustozlar va ushbu maktab rahbariyati bilan ochiq muloqon ham tashkillandi. Unda ustozlar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga batafsil javoblar oldilar. Ta’lim delegatsiyamizning safari Yaponiyada mazmunli davom etmoqda. Ma’lumot uchun: Suginami – Tokioning gʻarbiy qismida joylashgan 23 maxsus tumanidan biri bo‘lib, yashash uchun qulay va tabiiy go‘zalligini saqlab qolgan hudud hisoblanadi. U Omekaydo yo‘li bo‘yida ekilgan kedr daraxtlari sharofati bilan shu nomni olgan. Suginami tumanida davlat va xususiy maktablar ko‘p. Masalan, Suginami Junior High School – aralash davlat o‘rta maktabi, Shin – Kyokushinkai – xususiy karate maktabi, hamda Ohyu Gakuen – faqat qizlar uchun mo‘ljallangan xususiy o‘rta maktab joylashgan. Aholisi taxminan 590 ming kishi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz

Manzil
Ish vaqti: 9:00-18:00Dam olish kuni: Shanba va YakshanbaO‘zbekiston Respublikasi, Farg‘ona viloyati, Farg‘ona tumani, Farg‘ona shaharchasi O`zbekiston ko`chasi 90 uy.
Aloqa uchun
Hokimlik telefon raqami: (0373) 243 91 30Hokimlik faks raqami: (0373) 243 91 30Elektron pochta: fartuman@inbox.uz
Yangilash
Oxirgi marta saytdagi ma’lumotlar 28.10.2025 da yangilangan
../images/footer/image-1.png
../images/footer/image-3.png../images/footer/image-4.png../images/footer/image-5.png../images/footer/image-6.png
Developed by:
logo.png PremiumSoft