252025-10-27 12:08
“Obod yurt” plogging ekologik aksiyasi – yoshlar tashabbusi bilan toza va farovon kelajak sari

Mamlakatimizda “Tozalik va ozodalik oyligi” keng ko‘lamda o‘tkazilmoqda. Mazkur tashabbus doirasida turli hududlarda obodonlashtirish va ekologik aksiyalar tashkil etilmoqda.
Ana shunday ezgu ishlarga hamohang tarzda, Farg‘ona tumani Yoshlar ishlari bo‘limi tashabbusi bilan “Obod yurt” plogging ekologik aksiyasi o‘tkazildi. Tadbirda mahalla yoshlar yetakchilari hamda faol yoshlar “Yuqori Vodil” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida tozalash ishlarini amalga oshirdilar.
Aksiya davomida hudud chiqindilardan, yovvoyi o‘t-o‘lanlardan va xazon barglaridan tozalandi, daraxtlar oqlandi, atrof-muhitga e’tibor va hurmat ruhi keng targ‘ib qilindi.
Farg‘ona tumanida o‘tkazilayotgan bunday ekologik tashabbuslar yoshlarning ijtimoiy faolligini oshirish, ekologik xavfsizlikni ta’minlash hamda “Yashil makon” umummilliy loyihasiga munosib hissa qo‘shish yo‘lida muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz

Fargʻona tumanida “Mahalla yettiligi” uchun o‘quv-amaliy seminar tashkil etildi
1722025-10-24 17:31

Farg‘onalik o‘qituvchilar kunchiqar mamlakatada malaka oshirishmoqda
1732025-10-24 17:30

“Damko‘l” mahallasida elektr ta’minoti muammosi hal etildi
1542025-10-24 17:23