242025-10-27 12:06
Hurmatli Fargʻona tumani Ichki ishlar boʻlimi xodimlari, faxriylar va ularning oila a’zolari!

Sizlarni Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar organlari xodimlari kuni bilan chin qalbimdan samimiy tabriklayman!
Bugungi kunda sizlar yurtimiz osoyishtaligini saqlash, fuqarolar xavfsizligini ta’minlash, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarga qarshi kurashish, jamiyatda qonun ustuvorligini mustahkamlash yo‘lida mashaqqatli, ammo sharafli xizmatni bajarmoqdasizlar. Sizlarning fidoyilik, sadoqat va matonat bilan olib borayotgan xizmatlaringiz tufayli Fargʻona tumani hududida tinchlik va barqarorlik hukm surmoqda.
Ichki ishlar tizimi bugun mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlarning muhim tayanchi, xalqimiz ishonchini qozongan kuchli tuzilmaga aylandi. Sizlarning fidokorona mehnatingiz, kasbga sadoqatingiz, fuqarolar bilan ochiq muloqotga tayyorligingiz bu ishonchni yanada mustahkamlamoqda.
Aziz huquq posbonlari!
Sizlarga mustahkam sog‘lik, tinch va xotirjam hayot, xizmat faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar tilayman. Har bir kuningiz yurtimiz tinchligi, xalqimiz farovonligi, Vatan ravnaqi yo‘lida zafarli va barakali bo‘lsin!
Bayramingiz muborak bo‘lsin, aziz ichki ishlar xodimlari!
Hurmat bilan,
Xamidullo INOMOV
Fargʻona tumani hokimi

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz

Fargʻona tumanida “Mahalla yettiligi” uchun o‘quv-amaliy seminar tashkil etildi
1732025-10-24 17:31

Farg‘onalik o‘qituvchilar kunchiqar mamlakatada malaka oshirishmoqda
1732025-10-24 17:30

“Damko‘l” mahallasida elektr ta’minoti muammosi hal etildi
1552025-10-24 17:23