Maxsus imkoniyatlar

Ekran o‘lchami:

50 %

Shrift o‘lchami:

50 %
Saytni baholash
0
0

42025-11-05 11:41

“Yo‘l harakati qoidalari” mavzusida “Kelajak soati” o‘tkazildi

http://api3.fergana.uz/files/150400/news/file-2105978262876735.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150400/news/file-2105978262883905.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150400/news/file-2105978262887490.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150400/news/file-2105978262892270.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150400/news/file-2105978262894660.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150400/news/file-2105978262895855.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150400/news/file-2105978262897050.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150400/news/file-2105978262898245.jpg
Farg‘ona tumanida yosh avlodning yo‘l harakati madaniyatini oshirish va ularni xavfsiz harakatlanishga o‘rgatish maqsadida navbatdagi “Kelajak soati” mashg‘uloti o‘tkazildi. Tadbirda Farg‘ona tumani IIB JXX yo‘l harakati xavfsizligi guruhi katta inspektori, mayor Z. Maksudov hamda Farg‘ona tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi TTTIM sho‘ba rahbari M. Rahimova ishtirok etdilar. Mashg‘ulot bo‘lim tasarrufidagi 32-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida bo‘lib o‘tdi. Unda bolajonlarga yo‘l harakati qoidalariga rioya etish, piyodalar va transport vositalari ishtirokida xavfsiz harakatlanish, shuningdek, svetofor ishoralarining ma’nosi haqida batafsil tushunchalar berildi. Kichik yoshdagi ishtirokchilar uchun mashg‘ulot qiziqarli tarzda, interaktiv o‘yinlar va amaliy mashg‘ulotlar asosida o‘tkazildi. Bu esa bolalarda yo‘l harakati madaniyatiga nisbatan katta qiziqish uyg‘otdi hamda o‘rganilgan bilimlarni mustahkamlashga yordam berdi. Bunday “Kelajak soati” darslari orqali bolalar orasida yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash, ularni hushyorlik va ehtiyotkorlikka o‘rgatish maqsad qilingan.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz

Manzil
Ish vaqti: 9:00-18:00Dam olish kuni: Shanba va YakshanbaO‘zbekiston Respublikasi, Farg‘ona viloyati, Farg‘ona tumani, Farg‘ona shaharchasi O`zbekiston ko`chasi 90 uy.
Aloqa uchun
Hokimlik telefon raqami: (0373) 243 91 30Hokimlik faks raqami: (0373) 243 91 30Elektron pochta: fartuman@inbox.uz
Yangilash
Oxirgi marta saytdagi ma’lumotlar 05.11.2025 da yangilangan
../images/footer/image-1.png
../images/footer/image-3.png../images/footer/image-4.png../images/footer/image-5.png../images/footer/image-6.png
Developed by:
logo.png PremiumSoft