Maxsus imkoniyatlar

Ekran o‘lchami:

50 %

Shrift o‘lchami:

50 %
Saytni baholash
0
0

132025-11-05 11:47

Deputatlar xalq orasida: muammolar o‘rganildi, yechimlar belgilab olindi

http://api3.fergana.uz/files/150400/news/file-2105978665828345.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150400/news/file-2105978665830735.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150400/news/file-2105978665831930.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150400/news/file-2105978665833125.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150400/news/file-2105978665834320.jpg
Farg‘ona tumanida aholi turmush sharoitini yaxshilash, joylarda mavjud muammolarni manzilli hal etish maqsadida navbatdagi uchrashuv bo‘lib o‘tdi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati Ziyodbek Yunusov Xalq deputatlari Farg‘ona tumani Kengashi deputatlari Ozodaxon Dadajonova va Shuxratjon Raximovlar bilan birgalikda Hosilat mahallasi fuqarolar yig‘inida mahalla faollari hamda aholi vakillari bilan ochiq muloqot o‘tkazdi. Suhbat davomida aholini qiynayotgan muammolar, xususan, elektr ta’minotidagi uzilishlar va eski ustunlar holati bo‘yicha shikoyat va takliflar eshitildi. Urganishlar natijasida hududda 20 ta yangi elektr tayanch ustuni o‘rnatish va elektr tarmoqlarini yangilash zarurligi aniqlandi. Bu borada deputatlar tashabbusi bilan Tuman elektr ta’minoti korxonasi rahbari Mirzaakbar To‘xtasinov bilan joyida suhbat o‘tkazildi. Korxona rahbari masalani bir oy muddatda to‘liq hal etish, yangi ustunlarni o‘rnatish va barcha kamchiliklarni bartaraf etishni ma’lum qildi. Eng muhimi, muammo yuzasidan qabul qilingan qarorlar joyida deputatlar va mahalla faollari nazoratiga olindi. Bu tashabbuslar xalq vakillarining joylardagi faol ishtiroki, aholi bilan yaqin muloqoti orqali har bir murojaat amaldagi yechimga aylanishini ko‘rsatib turibdi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz

Manzil
Ish vaqti: 9:00-18:00Dam olish kuni: Shanba va YakshanbaO‘zbekiston Respublikasi, Farg‘ona viloyati, Farg‘ona tumani, Farg‘ona shaharchasi O`zbekiston ko`chasi 90 uy.
Aloqa uchun
Hokimlik telefon raqami: (0373) 243 91 30Hokimlik faks raqami: (0373) 243 91 30Elektron pochta: fartuman@inbox.uz
Yangilash
Oxirgi marta saytdagi ma’lumotlar 05.11.2025 da yangilangan
../images/footer/image-1.png
../images/footer/image-3.png../images/footer/image-4.png../images/footer/image-5.png../images/footer/image-6.png
Developed by:
logo.png PremiumSoft