132025-11-05 11:54
Farg‘ona tumanida Xalq qabulxonasida navbatdagi qabul o‘tkazildi

Farg‘ona tumani hokimi Xamidullo Inomov tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Fargʻona tumanidagi Xalq qabulxonasida jismoniy va yuridik shaxslar vakillari ishtirokida navbatdagi qabul o‘tkazildi.
Qabul davomida fuqarolar tomonidan turli masalalar bo‘yicha bildirilgan murojaatlar tinglanib, ularning mazmun-mohiyati atroflicha o‘rganildi. Murojaatlarning bir qismi joyida ijobiy hal etildi, ayrimlariga huquqiy tushuntirishlar berildi. Shu bilan birga, muddat talab etadigan murojaatlar belgilangan tartibda ro‘yxatga olinib, tegishli tashkilotlar va mas’ullarga ijro uchun yo‘naltirildi.
Mazkur qabulda aholi tomonidan ko‘tarilgan masalalar asosan uy-joy va kommunal xizmatlar, bandlik va ijtimoiy yordam, shuningdek, tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish hamda boshqa dolzarb yo‘nalishlarga oid bo‘ldi.
Qabul yakunida tuman hokimi murojaatlarni hal etish jarayoni doimiy nazoratga olinishi, aholining manfaatlariga xizmat qiluvchi har bir masalaga mas’uliyat bilan yondashish zarurligini ta’kidladi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz

“Raqamli avlod qizlari” tanlovining tuman bosqichiga start berildi
112025-11-05 11:51

Deputatlar xalq orasida: muammolar o‘rganildi, yechimlar belgilab olindi
132025-11-05 11:47

“Yo‘l harakati qoidalari” mavzusida “Kelajak soati” o‘tkazildi
22025-11-05 11:41