Maxsus imkoniyatlar

Ekran o‘lchami:

50 %

Shrift o‘lchami:

50 %
Saytni baholash
0
0

132025-11-05 11:52

Farg‘ona tumani prokuraturasi tomonidan kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari qat’iy nazoratga olindi

http://api3.fergana.uz/files/150400/news/file-2105979037108870.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150400/news/file-2105979037110065.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150400/news/file-2105979037111260.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150400/news/file-2105979037111260.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150400/news/file-2105979037112455.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150400/news/file-2105979037112455.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150400/news/file-2105979037113650.jpg
Farg‘ona tumani prokuraturasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 21-iyuldagi 453-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida kuz-qish mavsumini betalofat o‘tkazish hamda iste’molchilarni yoqilg‘i-energiya resurslari bilan uzluksiz ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar doimiy nazoratga olingan. Mazkur jarayon doirasida tumandagi ijtimoiy soha obyektlarining — maktablar, maktabgacha ta’lim tashkilotlari hamda tibbiyot muassasalarining — kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati nazorat tartibida o‘rganilmoqda. O‘rganishlar davomida issiqlik ta’minoti tizimlarining texnik tayyorgarligi, yoqilg‘i zahiralari bilan ta’minlanganlik darajasi, shuningdek, issiqlik ta’minoti korxonalari tomonidan aholiga issiqlik energiyasini o‘z vaqtida va barqaror yetkazib berish holati joylarga chiqib o‘rganilmoqda. Aniqlangan kamchiliklarni tezkor bartaraf etish, mavjud muammolarga amaliy yechim topish maqsadida mas’ul tashkilot va mansabdor shaxslarga aniq topshiriq hamda ko‘rsatmalar berildi. Farg‘ona tumani prokuraturasi tomonidan mazkur yo‘nalishdagi ishlarning samarali tashkil etilishi, kamchiliklarning oldi olinishi va har bir ijtimoiy obyektning to‘liq tayyorligi yuzasidan doimiy monitoring davom ettiriladi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz

Manzil
Ish vaqti: 9:00-18:00Dam olish kuni: Shanba va YakshanbaO‘zbekiston Respublikasi, Farg‘ona viloyati, Farg‘ona tumani, Farg‘ona shaharchasi O`zbekiston ko`chasi 90 uy.
Aloqa uchun
Hokimlik telefon raqami: (0373) 243 91 30Hokimlik faks raqami: (0373) 243 91 30Elektron pochta: fartuman@inbox.uz
Yangilash
Oxirgi marta saytdagi ma’lumotlar 05.11.2025 da yangilangan
../images/footer/image-1.png
../images/footer/image-3.png../images/footer/image-4.png../images/footer/image-5.png../images/footer/image-6.png
Developed by:
logo.png PremiumSoft