132025-11-05 11:49
"Xo‘ja Ahmad Vale" mahallasida ajrimlarning oldini olish va nikoh madaniyatini oshirishga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi

Farg‘ona tumanining "Xo‘ja Ahmad Vale" mahallasida oilaviy ajrimlarning oldini olish, qarindoshlar o‘rtasidagi nikohlarning salbiy oqibatlarini tushuntirish, erta tug‘ruq holatlarining oldini olish, sha’riy nikohlarni qonuniylashtirish va to‘y hamda marosimlarni ixcham o‘tkazish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda mahalla faollari, xotin-qizlar faollari, profilaktika inspektorlari, sog‘liqni saqlash hamda ta’lim sohasining vakillari, diniy soha mas’ullari ishtirok etdilar. Ular o‘z so‘zlarida oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash, yoshlarni mas’uliyatli nikohga tayyorlash va sog‘lom oilaviy muhitni yaratish bo‘yicha tavsiyalar berdilar.
Shuningdek, yig‘ilishda “7 lik” xodimlar o‘z faoliyati yuzasidan kengash a’zolari oldida hisobot berib, amalga oshirilgan ishlar, mavjud muammolar va ularni bartaraf etish yo‘nalishlarida fikr almashdilar.
Mazkur uchrashuv mahalla aholisi o‘rtasida oilaviy totuvlik, sog‘lom muhit va ijtimoiy barqarorlikni ta’minlashga xizmat qildi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz

Farg‘ona tumanida Xalq qabulxonasida navbatdagi qabul o‘tkazildi
132025-11-05 11:54

“Raqamli avlod qizlari” tanlovining tuman bosqichiga start berildi
112025-11-05 11:51

Deputatlar xalq orasida: muammolar o‘rganildi, yechimlar belgilab olindi
132025-11-05 11:47

“Yo‘l harakati qoidalari” mavzusida “Kelajak soati” o‘tkazildi
22025-11-05 11:41