Maxsus imkoniyatlar

Ekran o‘lchami:

50 %

Shrift o‘lchami:

50 %
Saytni baholash
0
0

62025-12-19 15:22

Farg‘ona tumanida qishloq xo‘jaligi yerlarini noqonuniy egallash holati yuzasidan keskin choralar ko‘rildi

http://api3.fergana.uz/files/150400/news/file-2110537001684980.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150400/news/file-2110537001687370.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150400/news/file-2110537001688565.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150400/news/file-2110537001689760.jpg
Farg‘ona tumanida qishloq xo‘jaligi yerlarini o‘zboshimchalik bilan egallab olgan shaxsga nisbatan qonuniy va keskin majburiy ijro choralari qo‘llanildi. Mazkur holat yuzasidan sudning qonuniy kuchga kirgan qarori asosida tegishli ijro harakatlari amalga oshirildi. Sud qaroriga muvofiq, maxsus texnika jalb etilib, noqonuniy ravishda barpo etilgan beton inshootlar belgilangan tartibda buzib tashlandi. Qarzdorga avvaldan bir necha bor ogohlantirishlar berilgan bo‘lishiga qaramay, ular bajarilmagan. Natijada, majburiy ijro choralarini qo‘llash jarayonida amaldagi qonunchilikka asosan 1 875 000 so‘m miqdorida ijro yig‘imi undirildi hamda ijro ishlari to‘liq yakunlandi. Mazkur choralar qishloq xo‘jaligi yerlaridan qonuniy va maqsadli foydalanishni ta’minlash, yer munosabatlari sohasida huquqbuzarliklarning oldini olishga qaratilgan.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz

Manzil
Ish vaqti: 9:00-18:00Dam olish kuni: Shanba va YakshanbaO‘zbekiston Respublikasi, Farg‘ona viloyati, Farg‘ona tumani, Farg‘ona shaharchasi O`zbekiston ko`chasi 90 uy.
Aloqa uchun
Hokimlik telefon raqami: (0373) 243 91 30Hokimlik faks raqami: (0373) 243 91 30Elektron pochta: fartuman@inbox.uz
Yangilash
Oxirgi marta saytdagi ma’lumotlar 20.12.2025 da yangilangan
../images/footer/image-1.png
../images/footer/image-3.png../images/footer/image-4.png../images/footer/image-5.png../images/footer/image-6.png
Developed by:
logo.png PremiumSoft