332025-12-19 15:44
Farg‘ona tumanidagi 38-maktabda “San’atga oshno qalblar” musiqali-badiiy kecha bo‘lib o‘tdi

Farg‘ona tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi tasarrufidagi 38-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida “San’atga oshno qalblar” shiori ostida musiqali-badiiy kecha tashkil etildi. Tadbir yosh avlodning milliy madaniyatga bo‘lgan qiziqishini kuchaytirish, ularni milliy san’at ruhida tarbiyalashga qaratildi.
Mazkur kechaning asosiy maqsadi o‘sib kelayotgan yoshlarning milliy ashulalarimiz, an’anaviy kuy-qo‘shiqlar hamda milliy cholg‘u asboblariga bo‘lgan mehrini yanada oshirish, ularning estetik didini shakllantirishdan iborat bo‘ldi.
Tadbir davomida o‘quvchilar tomonidan ijro etilgan kuy-qo‘shiqlar, sahna ko‘rinishlari va turli musiqiy chiqishlar yig‘ilganlarga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi. Tadbir ishtirokchilari — o‘qituvchi va o‘quvchilar mazmunli va maroqli dam olib, milliy san’atning go‘zal namunalari bilan yaqindan tanishish imkoniga ega bo‘ldilar.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz

Murojaat joyida ijobiy hal etildi
342025-12-19 15:46

Farg‘ona tumanida navbatdagi shaxsiy qabul tashkil etildi
322025-12-19 15:43

Farg‘ona tumanida hokim o‘rinbosarining navbatdagi shaxsiy qabuli o‘tkazildi
322025-12-19 15:41

Farg‘ona tumanida hokimning navbatdagi shaxsiy qabuli o‘tkazildi
342025-12-19 15:39