332025-12-22 12:04
Farg‘ona tumanida “Jismoniy tayyorgarlik darajasi” sport sinovlari natijalari bo‘yicha taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 16-iyundagi “Aholining jismoniy tayyorgarlik darajasini baholash tizimini joriy etishning tashkiliy chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ–5148-son qarori hamda Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 15-yanvardagi “Aholining jismoniy tayyorgarlik darajasini baholash bo‘yicha sport sinovlarini tashkil etish va o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 23-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida keng qamrovli ishlar amalga oshirildi.
Mazkur hujjatlar asosida O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligi tomonidan joriy yilning 7–30-noyabr kunlari respublika bo‘ylab barcha mahallalarda mahalla tizimi xodimlari hamda aholi vakillari ishtirokida “Jismoniy tayyorgarlik darajasi” sport sinovlari tashkil etildi. Sinovlar 30–39, 40–49, 50–59, 60–69 hamda 70 yosh va undan katta bo‘lgan shaxslar toifalarida o‘tkazildi.
Sport sinovlarining belgilangan maxsus talablarini muvaffaqiyatli bajargan ishtirokchilar munosib rag‘batlantirildi. Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirining 2025-yil 1-dekabrdagi 01/1942-A/F-sonli buyrug‘iga asosan Farg‘ona tuman adliya bo‘limi boshlig‘i S. Maxkamov I-darajali ko‘krak nishoni bilan, adliya bo‘limi Davlat xizmatlari markazi sho‘ba boshlig‘i A. Mamajonov esa II-darajali ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz

“Jadidlar izidan” respublika tanlovi gʻoliblari eʼlon qilindi
342025-12-22 12:06

Murojaat joyida ijobiy hal etildi
1712025-12-19 15:46