Maxsus imkoniyatlar

Ekran o‘lchami:

50 %

Shrift o‘lchami:

50 %
Saytni baholash
0
0

562025-12-24 11:27

Farg‘ona tumanida maktabgacha ta’lim muassasalarining ta’miri va qish mavsumiga tayyorgarligi o‘rganildi

http://api3.fergana.uz/files/150400/news/file-2111036362835780.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150400/news/file-2111036362838170.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150400/news/file-2111036362839365.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150400/news/file-2111036362840560.jpg
Farg‘ona tumani “Avval” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan 23-sonli hamda “O‘rta qishloq” mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi 25-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida olib borilayotgan ishlar joyiga chiqib o‘rganildi. Tashrif davomida mazkur muassasalardagi mavjud binolarni ta’mirlash holati, “Tashabbusli byudjet” asosida qurilayotgan yangi binolarning qurilish jarayoni va sifat ko‘rsatkichlari nazorat qilindi. Shuningdek, ta’lim muassasalarining kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi, isitish tizimlarining holati hamda ko‘mir zaxiralari bilan ta’minlanganlik darajasi atroflicha o‘rganildi. O‘rganish jarayonida aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli tavsiyalar berilib, mas’ullarga kamchiliklarni bartaraf etish va ta’lim muassasalarida tarbiyalanayotgan bolalar uchun xavfsiz hamda qulay sharoitlarni yaratish bo‘yicha topshiriqlar belgilandi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz

Manzil
Ish vaqti: 9:00-18:00Dam olish kuni: Shanba va YakshanbaO‘zbekiston Respublikasi, Farg‘ona viloyati, Farg‘ona tumani, Farg‘ona shaharchasi O`zbekiston ko`chasi 90 uy.
Aloqa uchun
Hokimlik telefon raqami: (0373) 243 91 30Hokimlik faks raqami: (0373) 243 91 30Elektron pochta: fartuman@inbox.uz
Yangilash
Oxirgi marta saytdagi ma’lumotlar 25.12.2025 da yangilangan
../images/footer/image-1.png
../images/footer/image-3.png../images/footer/image-4.png../images/footer/image-5.png../images/footer/image-6.png
Developed by:
logo.png PremiumSoft