72025-12-25 11:06
Farg‘ona tumanidagi ta’lim muassasalari faoliyati o‘rganildi

Farg‘ona viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i Sherzod Dolimov Farg‘ona tumanidagi bir qator ta’lim muassasalarida bo‘lib, ularning faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
O‘rganishlar davomida tumandagi 18-, 36- va 51-davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari, shuningdek, 20-, 24- va 63-umumiy o‘rta ta’lim maktablarida amalga oshirilayotgan ishlar atroflicha ko‘zdan kechirildi. Jumladan, maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan sharoitlar, ovqatlanish tizimi hamda sanitariya-gigiyena holati o‘rganildi.
Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida esa dars jarayonlarining samaradorligi, to‘garaklar faoliyati, ta’lim sifati, issiqlik ta’minoti hamda o‘quvchilar uchun xavfsiz muhit yaratish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
O‘rganishlar yakunida boshqarma boshlig‘i aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, ta’lim sifati va muassasalardagi sharoitlarni yanada yaxshilash bo‘yicha soha mas’ullari hamda ta’lim muassasalari rahbarlariga tegishli ko‘rsatmalar berdi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz

Doimiy komissiya yig‘ilishida tumanning 2026-yil budjeti muhokama qilindi
462025-12-24 17:00

“Yangi O‘zbekiston massivi”da markazlashgan isitish tizimi holati o‘rganildi
512025-12-24 11:25