Maxsus imkoniyatlar

Ekran o‘lchami:

50 %

Shrift o‘lchami:

50 %
Saytni baholash
0
0

422025-12-26 11:33

“Milliy armiya — ona yurt qalqoni, tinchligimiz posboni” shiori ostida harbiy-vatanparvarlik tadbiri o‘tkazildi

http://api3.fergana.uz/files/150400/news/file-2111243327361820.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150400/news/file-2111243327366600.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150400/news/file-2111243327367795.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150400/news/file-2111243327370185.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150400/news/file-2111243327373770.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150400/news/file-2111243327374965.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150400/news/file-2111243327376160.jpg
Vatan himoyasi har bir fuqaroning muqaddas burchi hisoblanadi. Yosh avlod qalbida ona yurtga sadoqat, milliy g‘urur va mas’uliyat tuyg‘ularini mustahkamlash maqsadida yurtimiz bo‘ylab “Milliy armiya — ona yurt qalqoni, tinchligimiz posboni” shiori ostida “Harbiy-vatanparvarlik oyligi” keng nishonlanmoqda. Ushbu oylik doirasida tashkil etilgan “Ochiq eshiklar kuni” tadbirlari muhim ahamiyat kasb etmoqda. Mazkur tadbirlar doirasida Farg‘ona tumanida joylashgan 4-sonli umumta’lim maktabida tumanda joylashgan O‘zbekiston Respublikasi DXX Chegara qo‘shinlariga qarashli harbiy qism harbiy xizmatchilari tomonidan ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. Tadbir davomida ishtirokchilar Chegara qo‘shinlarining kundalik faoliyati, harbiy xizmatchilar hayoti, xizmat sharoitlari hamda ushbu tizimda amalga oshirilayotgan islohotlar bilan yaqindan tanishish imkoniyatiga ega bo‘ldilar. Harbiy kiyim-boshlar, maxsus anjomlar va texnik vositalar namoyishi tadbirga alohida qiziqish bag‘ishladi. “Ochiq eshiklar kuni” doirasida harbiy xizmatchilar tomonidan harbiy xizmatning mazmun-mohiyati, uning sharafli va mas’uliyatli jihatlari haqida batafsil tushuntirishlar berildi. Yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga atroflicha javoblar olib, harbiy sohaga bo‘lgan qiziqishlarini yanada oshirdilar.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz

Manzil
Ish vaqti: 9:00-18:00Dam olish kuni: Shanba va YakshanbaO‘zbekiston Respublikasi, Farg‘ona viloyati, Farg‘ona tumani, Farg‘ona shaharchasi O`zbekiston ko`chasi 90 uy.
Aloqa uchun
Hokimlik telefon raqami: (0373) 243 91 30Hokimlik faks raqami: (0373) 243 91 30Elektron pochta: fartuman@inbox.uz
Yangilash
Oxirgi marta saytdagi ma’lumotlar 27.12.2025 da yangilangan
../images/footer/image-1.png
../images/footer/image-3.png../images/footer/image-4.png../images/footer/image-5.png../images/footer/image-6.png
Developed by:
logo.png PremiumSoft