Maxsus imkoniyatlar

Ekran o‘lchami:

50 %

Shrift o‘lchami:

50 %
Saytni baholash
0
0

652025-12-29 13:13

Farg‘ona tumanida “Uch avlod uchrashuvi” tadbiri o‘tkazildi

http://api3.fergana.uz/files/150400/news/file-2111560263778825.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150400/news/file-2111560263780020.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150400/news/file-2111560263781215.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150400/news/file-2111560263782410.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150400/news/file-2111560263783605.jpg
Qurolli Kuchlar tashkil topganligining 34 yilligi hamda 14-yanvar — Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan Farg‘ona tumani 24-umumiy oʻrta taʼlim maktabida “Uch avlod uchrashuvi” nomli ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. Mazkur tadbirda O‘zbekiston Respublikasi DXX Chegara qo‘shinlari faxriylar kengashi a’zolari, amaldagi ofitserlar, serjantlar, oddiy askarlar hamda o‘quvchi yoshlar ishtirok etdilar. Tadbirning asosiy maqsadi yosh avlod qalbida vatanparvarlik tuyg‘ularini mustahkamlash, harbiy xizmatga bo‘lgan hurmatni oshirish va avlodlar o‘rtasidagi ma’naviy bog‘liqlikni kuchaytirishdan iborat bo‘ldi. Tadbir doirasida Chegara qo‘shinlari faxriylari va yoshlar ishtirokida davra suhbatlari, mahorat darslari hamda sportning shaxmat va shashka turlari bo‘yicha musobaqalar yuqori saviyada tashkil etildi. Shuningdek, faxriylar hozirgi kunda maktablarda o‘quvchilar uchun zamonaviy texnologiyalar asosida yaratilayotgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar. Tadbir davomida so‘zga chiqqan faxriylar va harbiy xizmatchilar o‘z hayotiy tajribalari, Vatanga sadoqat, jasorat va fidoyilik haqidagi samimiy fikr-mulohazalari bilan yoshlar qalbida vatanparvarlik hissiyotlarining yanada kuchayishiga zamin yaratdilar.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz

Manzil
Ish vaqti: 9:00-18:00Dam olish kuni: Shanba va YakshanbaO‘zbekiston Respublikasi, Farg‘ona viloyati, Farg‘ona tumani, Farg‘ona shaharchasi O`zbekiston ko`chasi 90 uy.
Aloqa uchun
Hokimlik telefon raqami: (0373) 243 91 30Hokimlik faks raqami: (0373) 243 91 30Elektron pochta: fartuman@inbox.uz
Yangilash
Oxirgi marta saytdagi ma’lumotlar 31.12.2025 da yangilangan
../images/footer/image-1.png
../images/footer/image-3.png../images/footer/image-4.png../images/footer/image-5.png../images/footer/image-6.png
Developed by:
logo.png PremiumSoft