342025-12-30 11:24
Farg‘ona tumanida Obodonlashtirish boshqarmasi xodimlariga Yangi yil sovg‘alari topshirildi

Farg‘ona tumani Obodonlashtirish boshqarmasi hamda Kasaba uyushmasi qo‘mitasi hamkorligida Yangi yil bayrami munosabati bilan boshqarma tizimida faoliyat yuritayotgan 330 nafar ishchi-xodimlarga bayram sovg‘alari tarqatildi. Mazkur tadbir mehnat jamoasini qo‘llab-quvvatlash, ularning samarali mehnatiga minnatdorlik bildirish hamda bayramona kayfiyat ulashish maqsadida tashkil etildi.
Tadbir davomida tuman hokimining o‘rinbosari Murodxon Qodirxonov so‘zga chiqib, Obodonlashtirish boshqarmasi xodimlarining tumanni obodonlashtirish, aholi uchun qulay va ozoda muhit yaratishdagi mehnati muhim ahamiyatga ega ekanini ta’kidladi. U ishchi-xodimlarni Yangi yil bayrami bilan tabriklab, ularga mustahkam sog‘liq, oilaviy tinchlik va kelgusi yilda barakali mehnat tiladi.
Shundan so‘ng, Farg‘ona tumani Obodonlashtirish boshqarmasi boshlig‘i Toirjon Isaqov so‘z olib, jamoa a’zolariga Yangi yil munosabati bilan ezgu tilaklar bildirdi. Oʻz nutqida ishchi-xodimlarning mas’uliyatli mehnati va sadoqatini e’tirof etib, yangi yilda ish faoliyatlarida muvaffaqiyat, oilalariga farovonlik va tinchlik tiladi.
Tadbir yakunida ishchi-xodimlarga bayram sovg‘alari topshirildi. Jamoa a’zolari rahbariyat tomonidan ko‘rsatilayotgan doimiy e’tibor va g‘amxo‘rlik uchun minnatdorlik bildirib, Yangi yilni ko‘tarinki kayfiyatda qarshi oldilar.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz

Yangi yil bayrami arafasida xayrli tashabbus
342025-12-30 11:22

Farg‘ona tumanida “Uch avlod uchrashuvi” tadbiri o‘tkazildi
642025-12-29 13:13