922025-12-29 13:15
Qurilish obyektlarida xavfsizlikni ta’minlashga qaratilgan targ‘ibot tadbirlari o‘tkazildi

Farg‘ona tumani Favqulodda vaziyatlar bo‘limi xodimlari tomonidan tuman hududida olib borilayotgan qurilish obyektlarida keng qamrovli targ‘ibot va tushuntirish tadbirlari tashkil etildi. Tadbirlar qurilish jarayonida xavfsizlik talablariga rioya etilishini kuchaytirish hamda ishchi-xodimlar o‘rtasida mas’uliyatni oshirishga qaratildi.
Targ‘ibot ishlari davomida mehnat va yong‘in xavfsizligi qoidalariga qat’iy amal qilish, texnika va elektr jihozlaridan to‘g‘ri foydalanish, yonuvchan materiallarni belgilangan tartibda saqlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Qurilish jarayonida uchrashi mumkin bo‘lgan xavf-xatarlar va ularning oldini olish choralari bo‘yicha amaliy tavsiyalar berildi.
Shuningdek, ishchi-xodimlarga favqulodda vaziyatlar yuzaga kelganda to‘g‘ri harakatlanish, dastlabki yong‘in o‘chirish vositalaridan foydalanish tartibi hamda evakuatsiya qoidalari yuzasidan batafsil tushuntirishlar berildi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz

Yangi yil bayrami arafasida xayrli tashabbus
342025-12-30 11:22

Farg‘ona tumanida “Uch avlod uchrashuvi” tadbiri o‘tkazildi
642025-12-29 13:13