922025-12-29 13:18
O‘zbekiston Bolalar tashkiloti sardorlar saylovi yuqori saviyada o‘tkazilmoqda

Farg‘ona tumanida O‘zbekiston Bolalar tashkiloti sardorlar saylovi jarayonlari yuqori saviyada tashkil etildi. Unda tumanning faol, tashabbuskor va iqtidorli bolalari 9 ta muhim yo‘nalish bo‘yicha o‘z bilimlari, yetakchilik salohiyati hamda faolligini namoyon etib, o‘zaro bellashmoqdalar.
Mazkur saylov jarayonlari bolalarning ijtimoiy faolligini oshirish, yetakchilik qobiliyatlarini rivojlantirish hamda ularning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan. Har bir ishtirokchi o‘zining ilg‘or g‘oyalari, mustaqil fikri va faol pozitsiyasi orqali tengdoshlariga munosib namuna bo‘layotgani alohida e’tirof etilmoqda.
Shubhasiz, bunday tanlovlar bolalarda mas’uliyat hissini kuchaytirish, jamoa bilan ishlash ko‘nikmalarini shakllantirish, fikrini erkin bayon etish va qaror qabul qilish malakalarini rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Bu jarayonlar kelgusida ularning jamiyat hayotida faol ishtirok etadigan, yetuk va mas’uliyatli yetakchilar bo‘lib kamol topishiga mustahkam zamin yaratadi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz

Yangi yil bayrami arafasida xayrli tashabbus
342025-12-30 11:22

Farg‘ona tumanida “Uch avlod uchrashuvi” tadbiri o‘tkazildi
642025-12-29 13:13