1312026-01-05 11:26
“Satkak” mahallasi hududidagi ichki yoʻllarni asfaltlashtirish masalasi yuzasidan bildirilgan video murojaat bo‘yicha rasmiy munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan Fargʻona tumani “Satkak” mahallasi hududidagi ichki yoʻllarni asfaltlashtirish masalasi yuzasidan bildirilgan video murojaat bo‘yicha Fargʻona tumani hokimligi tomonidan quyidagilar ma’lum qilinadi. Mazkur murojaat tuman hokimligi huzurida tashkil etilgan ishchi guruh tomonidan o‘rganib chiqildi. O‘rganish jarayonida aniqlanishicha, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 11-oktyabrdagi 665-son qarori talablari ijrosini ta’minlash maqsadida tuman hududidagi 51 ta mahallaning ichki ko‘chalarida joriy ta’mirlash va asfaltlashtirish ishlari bo‘yicha manzilli dastur ishlab chiqilgan hamda Xalq deputatlari Farg‘ona tuman Kengashining 2025-yil 25-apreldagi qarori bilan tasdiqlangan. Mazkur dastur asosida ishlar bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda. Jumladan, 1-bosqichda 18 ta MFY hududida ichki ko‘chalarda joriy ta’mirlash ishlari olib borildi. 2-bosqichda esa 32 ta MFY hududida ichki ko‘chalarda asfaltlashtirish ishlari amalga oshirildi. 3-bosqich doirasida 29 ta MFY hududida asfaltlashtirish ishlarini bajarish bo‘yicha tegishli tashkilotlar bilan shartnomalar tuzilgan. Shu bilan birga, hozirgi kunda ob-havoning namgarchilik bilan kechayotgani hamda asfalt ishlab chiqarish korxonalarida gaz ta’minotidagi vaqtinchalik cheklanishlar sababli ayrim mahallalarda, jumladan, “Satkak” MFYdagi Satkak va Murabbiylar ko‘chalarida olib borilayotgan asfaltlashtirish ishlari vaqtincha to‘xtab qolgan. Aniqlanishicha, mazkur ko‘chalarda asfaltlashtirish ishlarini amalga oshirish uchun tenderda g‘olib bo‘lgan korxonalarga shartnomalarda belgilangan tartibda mablag‘lar o‘tkazib berilgan. Biroq ob-havo va gaz ta’minoti bilan bog‘liq omillar tufayli asfalt yotqizish ishlari vaqtincha amalga oshirilmayapti. Mazkur holat ayrim fuqarolar o‘rtasida tushunmovchiliklarga sabab bo‘layotgan bo‘lsa-da, yo‘llarning sifatli va uzoq muddat xizmat qilishini ta’minlanish maqsadida asfaltlashtirish ishlari me’yoriy, namgarchilikdan holi ob-havo sharoiti yuzaga kelgach, 2026-yil bahor oylariga qadar to‘liq yakunlanishi rejalashtirilgan. Shuningdek, hozirda yakuniga yetmagan mahallalar hududida yashovchi aholi o‘rtasida holat yuzasidan tushuntirish ishlari olib borilmoqda. Fargʻona tumani hokimligi Axborot xizmati holatni doimiy nazoratga olgan holda, ishlar belgilangan muddatlarda sifatli bajarilishini ta’minlaydi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz

Mehnat qilgan oilada baraka bo‘ladi
82026-01-08 18:09

Farg‘ona tumani ta’lim bo‘limi rahbari tanlov g‘olibi deb topildi
582026-01-07 16:24

Prezident Murojaatnomasi yuzasidan targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi
582026-01-07 16:22

Bolalarni zo‘ravonlikdan himoya qilish — jamiyat kelajagini himoya qilishdir
1592026-01-05 17:53