1592026-01-05 17:53
2026–2030-yillarga mo‘ljallangan bolalarni zo‘ravonlikdan himoya qilish strategiyasi tasdiqlandi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni bilan “Bolalarni zo‘ravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonun ijrosini samarali tashkil etish maqsadida 2026–2030-yillarga mo‘ljallangan Bolalarni zo‘ravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish strategiyasi tasdiqlandi. Ushbu hujjat O‘zbekistonda bolalar huquqlarini ta’minlash, ularning hayoti, sog‘lig‘i va sha’nini himoya qilishga qaratilgan muhim davlat siyosati hujjati hisoblanadi.
Farmonga muvofiq, 2026-yildan boshlab zo‘ravonlikdan jabrlangan hamda ijtimoiy jihatdan xavfli ahvolda bo‘lgan bolalar uchun professional tutingan oila xizmati yo‘lga qo‘yiladi. Bunda bolalar ruhiy jarohatlardan tiklanishi, ijtimoiy reabilitatsiya qilinishi va xavfsiz muhitda tarbiyalanishi ta’minlanadi.
Shuningdek, Qashqadaryo, Navoiy va Xorazm viloyatlarida kichik hajmli ijtimoiy ko‘mak markazlari tashkil etilib, keyinchalik ularning faoliyati respublikaning boshqa hududlarida ham yo‘lga qo‘yiladi.
Farmon bilan zo‘ravonlikdan jabrlangan bolalarga davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatish, protsessual harakatlarni videoyozuv orqali qayd etish, zo‘ravonlik faktlari haqida xabar bermagan mas’ul shaxslarga ma’muriy javobgarlik joriy etish kabi muhim normalar belgilandi.
Mazkur strategiya bolalarga nisbatan zo‘ravonlik, jumladan jismoniy, ruhiy, psixologik, jinsiy va axborot muhitida sodir etiladigan zo‘ravonlik holatlarining oldini olishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni o‘z ichiga oladi. Hujjatda zo‘ravonlikka qarshi kurashishda faqat jazolash emas, balki profilaktika va erta aniqlash tizimini kuchaytirish ustuvor vazifa etib belgilangan.
Strategiyada bolalar xavfsizligini ta’minlash masalasida davlat organlari, mahalliy hokimiyat, ta’lim muassasalari, sog‘liqni saqlash tizimi va jamoat tashkilotlari o‘rtasida samarali hamkorlikni yo‘lga qo‘yish ko‘zda tutilgan. Ayniqsa, maktab va maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalar bilan ishlovchi mutaxassislarning mas’uliyati va malakasini oshirishga alohida e’tibor qaratilgan.
Farmonda shuningdek ota-onalar o‘rtasida bolalar huquqlari bo‘yicha huquqiy madaniyatni oshirish, zo‘ravonlik holatlari yuzasidan murojaat qilish mexanizmlarini soddalashtirish va bolalar uchun qulay muhit yaratish vazifalari belgilangan.
Mazkur strategiyaning izchil amalga oshirilishi natijasida O‘zbekistonda bolalar uchun xavfsiz, sog‘lom va himoyalangan ijtimoiy muhit shakllanishi, bolalarni himoya qilish sohasida davlat siyosatini yangi bosqichga olib chiqishi kutilmoqda.
© Jinoyat ishlari bo’yicha Farg’ona tuman sudi raisi A.Y.Ergashev

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz

Mehnat qilgan oilada baraka bo‘ladi
82026-01-08 18:09

Farg‘ona tumani ta’lim bo‘limi rahbari tanlov g‘olibi deb topildi
582026-01-07 16:24

Prezident Murojaatnomasi yuzasidan targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi
582026-01-07 16:22

Bolalarni zo‘ravonlikdan himoya qilish — jamiyat kelajagini himoya qilishdir
1582026-01-05 17:53