1112026-01-05 17:53
Bolalarni zo‘ravonlikdan himoya qilish bo‘yicha 2026–2030 yillarga mo‘ljallangan strategiya: asosiy yo‘nalishlar va vazifalar

So‘nggi yillarda dunyo miqyosida bolalarga nisbatan zo‘ravonlik holatlarining ortib borayotgani bolalar huquqlarini himoya qilish masalasini yanada dolzarb etmoqda. Shu nuqtayi nazardan, Prezident tomonidan 2026–2030 yillarga mo‘ljallangan bolalarni zo‘ravonlikdan himoya qilish strategiyasining tasdiqlanishi o‘z vaqtida qabul qilingan muhim qaror bo‘ldi.
Prezident tomonidan qabul qilingan Farmon O‘zbekistonda bolalarni zo‘ravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish tizimini tubdan takomillashtirishga qaratilgan. Hujjat faqat umumiy deklaratsiya emas, balki aniq mexanizmlar, muddatlar va mas’ul tashkilotlarni belgilab beradi.
Farmonda zo‘ravonlikka qarshi kurashishda institutsional yondashuv asos qilib olingan. Xususan, professional tutingan oilalar, “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari, “mehrli oila” xizmatlari orqali bolalar va ularning ota-onalariga kompleks yordam ko‘rsatish nazarda tutilgan.
Muhim jihatlardan biri — huquqiy himoyaning kuchaytirilishidir. Endilikda zo‘ravonlikdan jabrlangan bolalar dastlabki protsessual harakatlardan boshlab davlat hisobidan yuridik yordam bilan ta’minlanadi. Sud va tergov jarayonlarida esa vasiylik va homiylik organlarining majburiy ishtiroki belgilanmoqda.
Shuningdek, ta’lim, sog‘liqni saqlash va ijtimoiy himoya sohasida ishlovchi xodimlarning zo‘ravonlik faktlari haqida xabar bermasligi uchun javobgarlik joriy etilishi tizimning samaradorligini oshiradi.
Farmonning yana bir muhim jihati — raqamli texnologiyalarni joriy etishdir. Yagona elektron platforma orqali bolalarga nisbatan zo‘ravonlik holatlari bo‘yicha ma’lumotlar almashinuvi, statistika va monitoring tizimi yo‘lga qo‘yiladi.
Shuningdek, strategiyada raqamli muhitda bolalar xavfsizligi masalalariga ham katta e’tibor qaratilgan. Internet tarmog‘ida bolalarga zarar yetkazuvchi axborotlardan himoyalash, kiberzo‘ravonlikka qarshi kurashish choralari ko‘zda tutilgan.
Strategiyaning asosiy maqsadi — bolalarga nisbatan zo‘ravonlik holatlarini kamaytirish emas, balki ularning yuzaga kelishiga sabab bo‘layotgan omillarni bartaraf etishdir. Buning uchun hujjatda profilaktika ishlari, xavf ostidagi bolalarni aniqlash va ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari belgilangan.
Muhim yo‘nalishlardan biri — zo‘ravonlik holatlarini aniqlash va xabar berish tizimini takomillashtirishdir. Bolalar va ularning qonuniy vakillari uchun ishonchli va xavfsiz murojaat qilish kanallarini yaratish strategiyaning ustuvor vazifalaridan sanaladi.

Mazkur strategiya to‘liq va samarali amalga oshirilsa, jamiyatda bolalarga nisbatan zo‘ravonlikka mutlaqo murosasiz munosabat shakllanadi hamda bolalar huquqlari himoyasi yangi bosqichga ko‘tariladi.
© Jinoyat ishlari bo’yicha Farg’ona tuman sudi Tergov sudyasi X.M.Kukanboyev

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz

Mehnat qilgan oilada baraka bo‘ladi
82026-01-08 18:09

Farg‘ona tumani ta’lim bo‘limi rahbari tanlov g‘olibi deb topildi
582026-01-07 16:24

Prezident Murojaatnomasi yuzasidan targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi
582026-01-07 16:22

Bolalarni zo‘ravonlikdan himoya qilish — jamiyat kelajagini himoya qilishdir
1592026-01-05 17:53